Arktikaning Frans-Iosif Yeri arxipelagi yaqinidagi Mesyatsev oroli endi yöq, deb xabar berdi Rossiya geografiya jamiyati.

2015 yilda uning maydoni 53 gektarni taşkil etgan bölsa, 2024 yil avgustida 3 gektarga kamaygan, hozir esa butunlay erib ketdi.

Mesyatsev oroli Yeva-Liv oroli muzligidagi muz erişi natijasida 1995 yilgaça paydo bölgan edi. Uning yöqolişi endi navigatsiya xaritalarini tuzatişni talab qiladi. Mesyatsev orolini kuzatayotgan ilmiy guruh bu hodisa iqlimning isişi tufayli sodir bölganini ta’kidlamoqda.

Kelajakda Mesyatsev orolining yöqolganini yakuniy tasdiqlaş va dengiz tubining topografiyasida mumkin bölgan özgarişlarni aniqlaş uçun qöşimça tadqiqotlar ötkazilişi talab etiladi.