Şondong Yerdagi insoniyatga ma’lum eng katta ğor. Vetnamdagi Fongnya-Kebang milliy boği quyuq junglilari ostida joylaşgan ğor bağrida qadimiy örmonlar mavjud, ular ğor tepasidan tuşadigan ulkan “yoruğlik tuynuklari” tufayli barhayot, deb yozmoqda Live Science.

“Toğ daryosi” degan ma’noni beruvçi Şondong yoş ohaktoş ğori sanaladi. Ma’lum bölişiça, ğor 2-3 million yil oldin Osiyoning eng katta ohaktoş massivi, 400 million yillik ulkan qoyatoş blokining içida hosil bölgan. Ikkita daryo ohaktoş yoriqlaridan oqib ötib, qoyani yemirgan va massivda ulkan tunnel hosil qilgan. Bu tunnel keyinçalik Şondong nomi bilan tanilgan.

1990 yilda vetnamlik erkak örmon içida ov qilayotganda tasodifan ğorga duç kelgan.

“U içkaridan esayotgan şamolni his qilib, daryo şovqinini eşitgan. Biroq keyingi safar qaytib kelganida ğorni topa olmagan, çunki atrofi yaproqlar bilan öralgandi”, — deydi britaniyalik ğor tadqiqotçisi va Oxalis Adventure sayyohlik kompaniyasining texnik direktori Govard Limbert.

Yillar ötib, ğor qayta topildi. Topilmani Britaniya ğorlarni tadqiq etiş uyuşmasi speleologlari örgandi (Limbert ham uning a’zosi). “Öşa zahotiyoq bu juda muhim kaşfiyot ekanini angladik”, — deydi mutaxassis.

Olimlar jamoasi 2009 yilda Şondongni örganib, uni fanga ma’lum eng katta tabiiy ğor deya qayd etdi. Ğorning umumiy hajmi 38,5 million kub metrni taşkil etadi. Bu Misrdagi 15 ta ulkan piramidani siğdira oladigan hudud.

Yangi tadqiqot esa ğor mutaxassislar taxmin qilganidan ham kattaroqligini körsatdi. Şondong ğori suv osti tunneli orqali Xang Thung nomli boşqa ğor bilan tutaşgan. Bu aloqa ğor hajmini 1,6 million kub metrga oşirgan.

“Bu xuddi kimdir Everest çöqqisida uni yana 1000 metr balandroq qiladigan ulkan toş topib olgandek gap. Dunyodagi istalgan ğor Şondong içiga bemalol siğib ketadi, u aql bovar qilmas darajada katta”, — dedi speleolog.

Şondongda dunyodagi eng baland stalagmitlardan biri bölgan “It qöli” deb nomli ulkan ustun joylaşgan. Uning balandligi 80 metrga yetadi. Ğor uç qismga bölingan: kiriş qismi, qazilma yölaklar va “iflos” Passendeyl yölagi. Bu yölak Birinçi jahon uruşi davrida askarlar loy bilan tölgan okoplarda jang qilgan Passendeyl jangi şarafiga şunday nomlangan. Har bir qism özining ajoyib tuzilmalari bilan diqqatni tortadi.