Google Maps xaritalari yangilanganidan keyin Ukrainadagi harbiy obektlarning sun’iy yöldoş tasvirlari oşkor bölib qoldi. Bu haqda Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi qoşidagi dezinformatsiyaga qarşi kuraş markazi rahbari Andriy Kovalenko ma’lum qildi.

«Vaziyatni tasavvur qiling. Google xaritalarni yangilab, harbiy tizimlarimizning joylaşuvini körsatadigan rasmlarni joylaştirdi (aniq aytmayman). Buni tezda tuzatiş uçun ular bilan boğlandik, ammo ularda dam oliş kunlari, bunga vaqt yöq», deb yozdi Kovalenko ijtimoiy tarmoqda.

Rasmiyning qöşimça qilişiça, Rossiya naşrlari allaqaçon bu suratlarni «faol tarqata boşlagan». Xususan, Z-kanallar Google Maps ilovasidan Ukraina harbiy inşootlari xaritalari skrinşotlarini çop etgan.

Kovalenko sözlariga köra, Google vakillari yangilangan sun’iy yöldoş suratlariga jamoatçilikning munosabatidan söng, Ukraina rasmiylari bilan boğlangan.

«Ular harbiy tizimlarimizning joylaşuvi tasvirlari bilan boğliq vaziyatni töğirlaş ustida işlayotganini aytişmoqda», deb qöşimça qildi u.