Şvetsiya xavfsizlik nuqtai nazaridan Boltiq dengizida 13 ta şamol stansiyasini qurişga ruxsat bermadi. Hukumat 4 noyabr kuni 14 ta şamol elektr stansiyalarini quriş böyiça qaror qabul qilgan bölib, ulardan faqat bittasi ruxsat olişga muvaffaq bölgan.
Şamol fermalarini Aland orollariga quriş rejalaştirilgan edi. Mamlakat hukumati Boltiq dengizida mazkur obektlarning qurilişi Şvetsiya mudofaasi uçun yomon oqibatlarga olib kelişi mumkin deb hisoblamoqda.
Bundan oldin hukumat ğarbiy sohilda ikkita dengiz şamol elektr stansiyasini qurişga ruxsat bergan: Janubiy Kattegat va Galenda. Endi ğarbiy sohildagi Stenungsund şahrida ham Poseidon şamol elektr stansiyasini quriş ma’qullandi — u yerga 81 ta şamol turbina örnatiladi.
Şvetsiya mudofaa vaziri Pol Yonsonning ma’lum qilişiça, şamol elektr stansiyalari mojaro holatida Patriot’lar orqali raketalarni aniqlaş va ularni urib tuşirişga xalaqit beradi.
Poseidon — offşor şamol elektr stansiyalarini quriş böyiça uçinçi loyiha bölib, unga 2022 yilda ruxsat berilgan. Yana 10 ta şu kabi ariza hukumat qarorini kutmoqda.
«Bu kabi qurilişlarning rad etilişi köplab savollarni yuzaga keltiradi. Masalan, Şvetsiya keyingi 20 yilda elektr energiyasi işlab çiqarişni ikki barobarga oşiriş böyiça rejalarini qanday uddalaydi?» — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanişiça, Şvetsiya hukumati yuqoridagi maqsadlarga erişiş uçun atom energetikasini rivojlantirişi mumkin.

















