Donald Tramp AQŞdagi prezident saylovlarida ğolib bölganini e’lon qildi. U bu haqda Floridadagi qarorgohida tarafdorlari qarşisidagi nutqida gapirdi.
Tramp «siyosiy ğalabaga erişgani»ni aytib, özini AQŞning 47-prezidenti deb atagan. U saylovlarda «ajoyib ğalaba»ga qölga kiritganini ta’kidlagan.
Barçangizga katta rahmat aytmoqçiman. Bu siyosiy ğalaba. Men AQŞning 47-prezidenti etib saylanişga muşarraf bölganim uçun Amerika xalqiga minnatdorçilik bildirmoqçiman. Men saylovçi delegatlarning 315 ovozini qölga kiritdim. Biz xalq saylovida ğolib çiqdik. Bu amerikaliklarning Amerikani yanada buyuk qilişga imkon beruvçi ajoyib ğalabasi böldi. Bu Amerika uçun oltin asr böladi. Har kuni siz uçun kuraşaman. Kuçli, xavfsiz va farovon Amerikani qurmagunimizça tinçimayman, bolalarimiz va sizlar bunga munosibsiz.
Yonimda aqlbovar qilmas odamlar turibdi. Biz sizni baxtiyor qilamiz, şunday qilamizki, ovoz berganingiz uçun faxrlanasiz. Amerika bizga misli körilmagan va qudratli mandat taqdim etdi. Respublikaçilar partiyasi senat ustidan nazoratni qaytardi, aftidan, biz Vakillar palatasi ustidan ham nazoratni saqlab qolmoqdamiz. Men ajoyib rafiqam Melaniyaga minnatdorçilik bildirmoqçiman, u ulkan iş bajardi. Hayratlanarli farzandlarimga ham minnatdorçilik bildiraman.
Yangi yulduz tuğildi — Ilon Mask! Biz keçqurun körişdik. U ajoyib yigit. U Filadelfiyada va Pensilvaniyaning turli çekkalarida ikki hafta yurib, saylovoldi kampaniyasida qatnaşdi. Menga juda yoqasan, Ilon! Amerika superdaholarini himoya qilişi kerak, ular köpçilik emas.
Respublikaçilar — soğlom fikrlilar partiyasi. Birinçi prezidentlik muddatimning tört yilida uruşlar bölmagandi, biz IŞID ustidan ğalaba qozongan uruşdan taşqari. Ular aytişadi: «U uruş boşlaydi». Men uruş boşlamoqçi emasman, men uruşni töxtatmoqçiman.
Men AQŞni har qaçongidan yaxşiroq qilaman. Xudo jonimni bejiz asragani yöq! Mamlakatni qutqarişim va Amerikaga buyukligini qaytarişim uçun. Va biz bu missiyani bajarişga çoğlandik. Sönggi tört yillikdagi kelişmovçiliklarni ötmişda qoldiriş va birlaşiş vaqti keldi. Muvaffaqiyat bizni birlaştiradi. Sizni xudo asrasin, Amerikani xudo asrasin.
Prognozlarga köra ham Donald Tramp prezident saylovlarida ustun kelmoqda. Respublikaçilarni qöllovçi Fox News telekanali Tramp allaqaçon 277 ovoz qölga kiritib bölganini e’lon qilgan, ğoliblik uçun esa 270 ovoz ham yetarli. Associated Press va The New York Times hozirça u — 267, CNN va NBC News — 266 ovoz olganini xabar qilgan.













