5 noyabr kuni AQŞda prezidentlik saylovlari ötkazildi. Kuraş respublikaçilar nomzodi, 2017-2021 yillarda ham prezidentlik lavozimini egallagan Donald Tramp hamda amaldagi vitse-prezident, Demokratik partiya vakili Kamala Harris örtasida keçdi.
Prezidentlik poygasida yaqqol favorit yöq edi. Ekspertlar ikkala nomzod ham ğalaba uçun teng imkoniyatga egaligini aytişayotgandi. Saylov natijasi odatdagidek ikkilanuvçi ştatlarda hal bölişi kerak, bu hududlardagi saylovçilarning pozitsiyasi özgaruvçan, ular saylovlarda goh respublikaçilarni qöllagan, goh demokratlarni.
Bunday ştatlar yettita — Pensilvaniya, Jorjiya, Şimoli Karolina, Nevada, Arizona, Miçigan va Viskonsin.
Ğalaba qozoniş uçun nomzodlardan kamida 270 delegat ovozini öziniki qilişi talab etiladi, «ikkilanuvçi» ştatlarda ğolib bölmasdan, bu songa erişib bölmaydi. CNN telekanali saylov uçun prevyusida Harris azaldan demokratlarni qöllab keladigan ştatlarda ğalabaga erişib, jami 226 ovoz olişi, Tramp ham respublikaçilarga sodiq hududlardan 219 ovoz töplaşini aytib ötgan.
«Ikkilanuvçi» ştatlarda esa jami 93 ovoz uçun kuraş keçadi. Miçigan, Jorjiya, Arizona va Viskonsindagi önlab saylov uçastkalarida ovoz beriş kuni portlaş xavfi töğrisida xabarlar olindi. Bu xabarlar yolğon bölib çiqdi, ammo Jorjiyada bunday xabarlar tufayli saylov uçastkalari taxminan bir soatga yopib qöyildi.
Jorjiya ştati davlat kotibi Bred Raffensperger bunday tahdidlar «Rossiyadan» kelganini aytdi, lekin bunday xulosaga kelişi sababini oçiqlamadi. CNN ning maxsus xizmatlardagi manbasi esa minalaştiriş töğrisidagi xabarlar Rossiya bilan boğliqligi tekşirilişini aytgan. Kanal suhbatdoşining sözlariga köra, portlaş xavfi töğrisidagi qaror Rossiya domeniga ega poçta serveri akkauntidan kelgan. Şu bilan birga, telekanal elektron poçta manzili soxta bölişi mumkinligini istisno etmagan.
Edison Research kompaniyasi aksariyat ştatlarda saylov uçastkalari yopilişi arafasida ötkazgan ekzit-pollar hal qiluvçi ştat Pensilvaniyada (19 ovoz) Trampning imkoniyati yuqoriroq ekanini körsatgan (46 ga qarşi 47 foiz).
Şimoliy Karolina (48), Viskonsin (47), Jorjiya (49) va Miçiganda (48) esa ekzit-pollar Harrisning ustunligini, Arizonada esa kuçlar tengligini körsatayotgandi.
Ammo ovozlarni hisoblab çiqişdan keyingi natijalar ekzit-pol ma’lumotlariga mos kelmadi. Avvaliga Amerikadagi yirik naşrlarning tahlilçi jamoalari ovozlar hisoblab bölinişidan ança oldin Tramp Şimoliy Karolinada ğolib bölişi haqida xulosaga kelişdi, keyin esa Jorjiyada ham ğalabani unga berişdi.















