Amerikaning yetakçi naşrlari (ham konservativ, ham liberal naşrlar) prognozlariga köra, Donald Tramp ğalaba uçun zarur bölgan 270 dan ortiq delegat ovozini töplab, AQŞning yangi prezidentiga aylangan. Ovozlarni hisoblaş davom etayotgani tufayli rasmiy natijalar hali e’lon qilinmadi, jahon davlatlari rahbarlari esa uni ğalaba bilan tabriklamoqda. Quyida Trampning Oq uyga qaytişi munosabati bilan bildirilgan dastlabki reaksiyalar keltiriladi.
Ursula fon der Lyayyen Yevrokomissiya rahbari
Men Donald Trampni çin qalbdan tabriklayman. Yevroittifoq va AQŞ — şunçaki ittifoqçilar emas. Bizni 800 million fuqarolarimizni birlaştiradigan, xalqlarimiz örtasidagi haqiqiy şeriklik boğlab turadi.
Şunday ekan, keling, ularga foyda keltirişda davom etadigan mustahkam transatlantika kun tartibi ustida birgalikda işlaylik.
Mark Ryutte NATO boş kotibi
Uning yetakçiligi alyansimiz qudratini saqlab qoliş yana muhim ahamiyatga ega böladi. Men NATO kuçi orqali tinçlikni ilgari suriş uçun u bilan yana birga işlaş imkoniyatini intiqlik bilan kutaman.
Viktor Orban Vengriya boş vaziri
AQŞ siyosiy tarixidagi eng katta qaytiş! Prezident Donald Trampni ulkan ğalabasi bilan tabriklayman. Dunyo uçun juda muhim ğalaba!
Rajab Toyyib Erdöğan Turkiya prezidenti
Men qattiq kuraşdan söng AQŞdagi prezidentlik saylovlarida ğalaba qozongan döstim Donald Trampni tabriklayman.
Umid qilamizki, Amerika xalqi saylovlari bilan boşlanadigan bu yangi davrda Turkiya va AQŞ munosabatlari kuçayadi, mintaqaviy va global inqirozlar hamda uruşlar, ayniqsa Falastin masalasi va Rossiya-Ukraina uruşi yakunlanadi. Işonamanki, yanada adolatli dunyo barpo etiş uçun qöşimça sa’y-harakatlar amalga oşiriladi.
Men umid qilamanki, saylovlar AQŞning döstona va ittifoqçi xalqiga hamda butun insoniyatga foyda keltiradi.
Mavzuga oid
Ivan Kurilla
tarixçi, amerikaşunos
Xöş, bu safar ovozlar uzoq vaqt qayta hisob-kitob qilinmaydi.
Respublikaçi döstlarimni tabriklayman.
Demokrat döstlarimga hamdardlik bildiraman.
Umid qilamanki, endi demokratlar va respublikaçilar yonma-yon yaşab, qarama-qarşi partiya tarafdorlarida duşmanni körmaslikni qanday uddalaşni öylab körişadi.
Yöq, bu falokat emas. Endi demokratlar diqqatni jamlab, siyosiy raqiblariga emas, balki özlariga tanqidiy nuqtayi nazar bilan qarab, 4 yildan keyingi saylovda ğolib bölişlari mumkin. Respublikaçilar esa aholining yarmini qörquvga soladigan fundamentalizm yölidan ketmasdan, dempartiya siyosatida özlariga yoqmagan jihatlarni qanday tuzatiş haqida öylaşlari mumkin.
Taşqi siyosatda ham falokat yuz beradi deb öylamayman. Bu yerda ham barça yöllar oçiq va barça qörqadigan (saylovoldi kampaniyasi vaqtida eng köp muhokama qilingan) yöl tanlanişi şart emas. Tanlov yaxşi bölişiga kafolat yöq, ammo yomon bölişi ham muqarrar emas.
Aleksandr Baunov Berlindagi Karnegi Rossiya va Yevrosiyoni örganiş markazi katta ilmiy xodimi
Trampning ğalabasi öziga yaraşa mantiqiy. Agar kovid bölmaganida, iqtisodiy körsatkiçlarga köra u qatorasiga ikkinçi bor saylangan bölardi. Dunyodagi köplab bizneslar kabi uning siyosiy biznesi ham pandemiyadan omon çiqolmadi. Ammo Trampning bugungi ğalabasi uning 2020 yilgi öğirlangan saylovlar haqidagi şikoyatlarining haqiqiy bahosini körsatadi.
Boşqa tomondan, demokratlar öziga özi qildi. Bayden bir muddat uçun prezident bölişga va’da berganini eslaş uçun sun’iy intellekt xizmatiga murojaat qilişga hojat yöq: u Tramp ğalaba qozonişiga yöl qöymaslik uçun jamiyatni birlaştiriş, yangi avloddan voris tayyorlaş va ketişni va’da qilib prezidentlikka saylangandi. Keyin esa heç qanday voris tayyorlamadi va ketiş haqidagi fikrini özgartirdi. Keyin — oldin heç qaçon kuzatilmagan tarzda — öz partiyasi bosimi ostida saylovga uç oy qolganida poygadan çiqib, prezidentlikka nomzod sifatida praymeriz jarayonidan ötolmagan, Tramp va Baydendan yoşroq bölsa ham, siyosiy avlod özgarişini aks ettirmaydigan (u Obamaning qariyb tengdoşi) vitse-prezidentni örniga nomzod sifatida qoldirdi.
Buni hatto eng sodiq saylovçilardan ham yaşiriş qiyin edi, şu tufayli Tramp ötgan safargidan farqli ölaroq popular vote böyiça ham ustun keldi.
Oleg Deripaska milliarder
Trampni tabriklaşni boşlaşdi…
Xayrli tong, yangi dunyo…
Neft mayga borib 50 dollar böladi, aftidan, hammayoqda tinçlik böladi…
Mixail Xodorkovskiy tadbirkor
Tramp Kamalani tor-mor etdi! Buni heç kim başorat qilmagandi. Endi unda özgariş qiliş uçun mandat bor. Nima bölişini bilmayman, ammo zerikarli bölmasligi aniq!
Dmitriy Medvedev RF Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari
Men bir neça kun oldin Telegram’da Kapitoliy tepaligidagi Rossiyaga qarşi ikkipartiyaviy konsensus haqida aytgandim. Bu baho adolatli, «fillar» senatda köpçilik örinni qölga kiritgani hisobga olingan holda ham.
Ammo Trampda biz uçun foydali bölgan bir fazilat bor: suyak suyagigaça biznesmen bölgani uçun pulni turli xörakxörlarga — tentak ittifoqçilarga, ahmoqona xayriya loyihalariga va oçköz xalqaro taşkilotlarga sarflaşni yoqtirmaydi.
Banderaçilarning toksik Ukrainasi ham şu toifada. Gap Tramp uruşga qançagaça pul berişga majbur bölişida. U qaysar, lekin tizim kuçliroq.
Nima bölganda ham bugun Kiyevdagi yaşil yaramas quloğigaça oq kukunga botadi…
Olaf Şols Germaniya kansleri
Germaniya va AQŞ avvaldan Atlantikaning ikki tomonida farovonlik va erkinlikni ta’minlaş uçun birgalikda muvaffaqiyatli hamkorlik qilib keladi. Biz fuqarolarimiz manfaati uçun bu [hamkorlik]ni davom ettiramiz.
Emmanuel Makron Fransiya prezidenti
Tört yil oldin qilganimiz kabi birgalikda işlaşga tayyormiz. Sizning va mening e’tiqodlarim böyiça. Hurmat va ambitsiyalar bilan. Köproq tinçlik va farovonlik uçun.
Binyamin Netanyahu Isroil boş vaziri
Qadrdonim Donald va Melaniya Tramp, sizni tarixdagi buyuk qaytiş bilan tabriklayman! Sizning Oq uyga tarixiy qaytişingiz Amerika uçun yangi ibtidoni anglatadi va Isroil hamda Amerika örtasidagi buyuk ittifoqqa sodiqligingizning kuçli tasdiği hisoblanadi.
Bu ulkan ğalaba!
Haqiqiy döstlik bilan, sizning Binyamin va Sara Netanyahu.
Volodimir Zelenskiy Ukraina prezidenti
Trampning yaqqol yetakçiligi, Amerikadagi saylovlarda mutlaqo işonçli natija. Bunday ğalaba bilan tabriklayman.
Prezident Trampni şaxsan olqişlaş va Ukrainaning AQŞ bilan strategik hamkorligini mustahkamlaş yöllarini muhokama qiliş imkoniyatini intiqlik bilan kutaman.
Andrey Yermak Ukraina prezidenti ofisi rahbari
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va bizning jamoa sentabrda prezident Donald Tramp bilan yaxşi uçraşuv ötkazgandik. Öşanda Ukraina ğalaba rejasi, Ukraina va AQŞ örtasidagi strategik hamkorlik hamda uruşni töxtatiş yöllarini batafsil muhokama qilişga muvaffaq bölgandik.
Şuningdek, Donald Trampning birinçi muddatida ham prezidentlarlar yaxşi işçi munosabatlarga ega bölgandi. Muhimi, Ukrainani AQŞdagi ikki partiya ham qöllab-quvvatlaydi. «Kuç orqali tinçlik» — bu aynan hozir kerak bölgan yondaşuv. Rossiya va avtokratlar faqat kuç tilini tuşunadi. Agressorlar aniq adolat doirasiga qaytarilişi lozim.
Bizga adolatli tinçlik kerak, dunyoga esa — kuçli AQŞ va demokratiya ğalabasi. Amerika xalqini olqişlayman va qöllov uçun minnatdorçilik bildiraman.
Aleksandr Rodnyanskiy prodyuser
Bu demokratlar töla tor-mor etilişi. Mutlaqo. Total. Va, töğrisini aytsam, bunga munosib edilar. Tramp allaqaçon öz tarafdorlariga murojaat qildi. «Buyuk ğalaba» haqida gapirdi va «Amerikaning oltin asri»ni va’da qildi. Uruşlarsiz dunyoni. «Oltin asr» haqida bilmayman, ammo bizga yangi reallik taqdim etildi. U esa çindan ham doimo yangi imkoniyatlar keltiradi.
Trampning ğalabasi — Isroil va uning ittifoqçilari uçun yaxşi yangilik. Yaqin Şarqdagi mö’tadil sunniy rejimlar uçun ham. Eron va uning proksi-armiyalari uçun juda yomon xabar. Biz mintaqada vaziyat qançalik tez özgarişiga guvoh bölamiz. Tramp ançadan buyon Avraam kelişuvi uçun Tinçlik böyiça Nobel mukofotini olişni istaydi. Agar u Isroil va mintaqa mamlakatlari, birinçi navbatda Saudiya Arabistoni bilan tinçlik bitimlarini tuziş jarayonini yakuniga yetkazsa, u buni oladi.
Biz Ukrainadan juda xavotirdamiz. Biz tez orada uning «rejasi» nimani anglatişini bilib olamiz. «24 soat içida tinçlik» nimani anglatadi? Yoki «Moskva böylab raketalar» sözlari nimani anglatadi? Harbiy harakatlar töxtatilişi va mojaroni muzlatişga urinişga guvoh bölişimiz tayin. Bu qanday böladi?
Baribir, Tramp uçun asosiysi — Amerika. U uni özgartirişi va isloh etişi lozim. Eng asosiy muammolarni hal qiliş va uni yana hokimiyatga qaytargan «ijtimoiy ğazab»ni tinçlantiriş. Bu qançalik öxşaydi?
Qanday bölmasin, Amerika xalqining tanlovi şu böldi. Yangi reallikka duç kelibsiz!
Konstantin Sonin iqtisodçi
Şunisi aniq böldiki, Donald Tramp — Amerika siyosatidagi aniq figura. 130 yil içida ilk bor va butun tarixda ikkinçi bor bir saylovni yutqazgan sobiq prezident unda yana ğalaba qozona oldi.
Vitse-prezident Harris kuçli saylov kampaniyasini ötkazdi, heç qanday fundamental xatolarga yöl qöymadi. Va şunga qaramay, bu yetarli bölmadi — amaldagi prezidentning obrösi yaxşi bölmagan, fuqarolarning köpçiligi mamlakat notöğri yöldan ketmoqda deb hisoblayotgan, raqib esa kuçli bölgan şaroitda xato qilmaslikning özi yetarli emas. Köproq narsa kerak edi.
Tramp prezident sifatida şovqin kötarişdan boşqa yana nima qiladi? <…> Agar respublikaçilar ikki palatada ham köpçilikni taşkil eta olsa, unda soliqlar pasaytiriladi — ular doimo şunday qilişgan. Ular xarajatlarni qisqartira olmaydi, şunday ekan, taqçillik ösadi va davlat qarzi ösişi tezlaşadi.
Tramp NATOdan çiqmaydi, unda buning uçun mandat yöq va yetarliça siyosiy kuçi ham, ammo ötgan safargidek asabiylaşişiga töğri keladi. <…> Ukrainaga yordam keçiktiriladi, qisqartiriladi, baland ovozdagi talablar yangraydi va hokazolar, ammo, öylaymanki, yordam beriş davom etadi. Kamroq hajmda, muntazam emas, lekin böladi.
Tramp noqonuniy muhojirlarni ommaviy deportatsiya qilişga ham va’da bergan, ammo bunday bölmaydi. Bu xuddi 2016 yilda va’da qilingan «qurilişiga Meksika tölaydigan devor» kabi. Devor qurilmadi, Meksika bir sent ham tölamadi va şunga qaramay, Tramp saylovçilari köz öngida «va’dasida turdi». Deportatsiyalar böyiça ham şunday böladi.
Iqtisodiyotga tartibga soluvçi yuki kamayadi. Bu — Trampni qöllayotgan jiddiy iqtisodçilarning asosiy taşvişi. Bu 2016–2020 yillarda ham kamaygandi, bu safar ham kamayadi.
Yana nima? Tramp — rekord darajada keksa prezident va juda soğlom emasligi kundek ravşan. U çalkaşib ketişi, nima haqda gapirayotganini unutib qöyişi holatlari köpayadi. Ammo uning kognitiv qobiliyatlari uçun «planka» avval ham yuqori bölmagan, şunday ekan, bu eng ötkir muammo emas. Bundan taşqari, u yana bir muddatga saylana olmaydi — bu şuni anglatadiki, «vorislik» uçun raqobat darhol boşlanadi.
Ha, prognozçilar va Trampning özidan taşqari, 2024 yilgi saylov ğoliblaridan yana biri psixoterapevtlardir. Tört yil davomida köplab amerikalik erkaklar va ayollar ularning xizmatiga ehtiyoj sezadi.
Stiven King yozuvçi
Çiroyli, ammo mört buyumlar sotiladigan dökonlarda şunday yorliqni köriş mumkin: «Körinişi çiroyli, uşlab köriş yoqimli, ammo siz uni sindirişingiz bilan — u sotilgan böladi». Demokratiya haqida ham şuni aytiş mumkin.
Filip Pulman yozuvçi
Alvido, Amerika. Tanişganimdan xursandman.
Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti matbuot kotibi
Menga [Rossiya] prezidentining [Donald] Trampni tabriklaş rejasi ma’lum emas. Keling, gap bizga qarşi uruşda bevosita va bilvosita iştirok etayotgan döstona bölmagan davlat haqida ekanini unutmaylik.
Uning [Trampning] xalqaro maydondagi tinçlikka intiliş haqidagi bayonotlari bölgandi. Va uning eski uruşlarni davom ettiriş va yangilarini qözğaşga qaratilgan spiralli va total siyosatni töxtatişga intilişlari haqidagi bayonotlar ham. Ha, bu bayonotlar yetarliça muhim. Ammo endi ğalabadan keyin, oval kabinetga kirişga tayyorgarlik körayotganda yoki oval kabinetga kirganda bayonotlar boşqaça tus oladi. Şuning uçun biz hamma narsani sinçkovlik bilan tahlil qilişimiz, hammasini kuzatib borişimiz va aniq sözlar hamda qadamlarga asoslangan holda xulosa çiqarişimizni aytamiz.
Biz AQŞ [Ukrainadagi] bu mojaroga barham berişga qodir ekanini bir neça bor aytganmiz. Albatta, buni bir keçada amalga oşirib bölmaydi, ammo aynan AQŞ uşbu mojaroni qözğatib, doimiy ravişda kerosin sepib, unda bevosita iştirok etayotgan davlat bölgani uçun, ha, AQŞ öz taşqi siyosatidagi trayektoriyani özgartirişga qodir. Ammo bu qilinadimi va qanday qilinadi — buni biz yanvardan keyin köramiz.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi