Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.

Ğazodagi vaziyat

2023 yilning 8 oktyabridan buyon Isroil Ğazoga 85 ming tonnadan ziyod portlovçi moddalar yoğdirgani iddao qilinmoqda.

Bir yildan ziyod vaqt mobaynida Isroil bombardimonlari ostidan amallab kun keçirayotgan Ğazo sektoridagi ekologik falokat haqida Falastin atrof-muhit boşqarmasi ayrim ma’lumotlarni taqdim etdi.

85 ming tonna portlovçi moddalar yoğdirilgani sabab, Ğazoda qişloq xöjaligi ekinlari töliq yöq qilingan, 40 mingdan ziyod inson qurbon bölgan, yana minglab insonlar bedarak yöqolgan, deyiladi xabarda.

Ğazoga yoğdirilgan bombalar «Ikkinçi jahon uruşi davridagi bombalardan ham kuçliroq» ekani qayd etilmoqda.

«Isroilning doimiy bombalaşlari qişloq xöjaligi ekinlarining katta maydonlari yöq bölişiga, tuproqning esa zaharli kimyoviy moddalarga töyinişiga va endi önlab yillar davomida yaroqsiz ahvolga tuşib qolişiga sabab böldi», deyiladi xabarda.

Bundan taşqari, boşqarma Isroil Ğazoda insonlar va barça tirik organizmlar uçun xavfli bölgan fosforli bombalardan foydalanganiga e’tibor qaratgan. Yerosti sizot suvlariga singib kirgan kimyoviy moddalar endi önlab yillar davomida Ğazo sektoridagi hayotga salbiy  ta’sir ötkazadi.

Boşqarma bu hujumlarni töxtatiş va batamom atrof muhit zaharlanişining oldini uçun BMT va jahon hamjamiyatini tezkor çoralar körişga va xalqaro qonunlarga rioya qilinişini ta’minlaşga çorladi.

Isroilning Livanga hujumi

Internetda Isroil harbiylari Livanning janubidagi Mays-ud-Jabal aholi punktida bir vaqtning özida köplab uylarni portlatayotgani tasvirlari paydo böldi.

Yahudiy askarlarning özi suratga olgani gumon qilinayotgan videoda portlaşlardan xursand bölgan harbiylarning qiyqiriqlari eşitilib turibdi va aholi yaşaş punktini portlaşdan çang va tutun qoplab olayotgani tasvirlangan.

Ğazo sektoridagi şaharlar vayron qilingaç, falastinliklarning qoniga töymagan Isroil Livanga hujum qilişda hamda mamlakat janubida özining qöporuvçilik harakatini davom ettirmoqda.