Buyuk Britaniya hukumati «Ukrainadagi uruşda Rossiyani qöllab quvvatlagani uçun» Özbekistonning Uzstanex kompaniyasini sanksiyalar röyxatiga (.odt) kiritdi.

Uzstanex kompaniyasi StanexGroup holdingi tarkibiga kiradi. Kompaniya Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmanistonda uskunalarni sotadi va sozlaydi.

Buyuk Britaniya hukumati qarorida aytilişiça, Uzstanex Ukrainani beqarorlaştirişda yoki uning hududiy yaxlitligi, suvereniteti yoki mustaqilligini buzişda yoki Ukrainani beqarorlaştirişga hissa qöşişi mumkin bölgan moliyaviy xizmatlar yoki mablağlar, iqtisodiy resurslar, tovarlar yoki texnologiyalar bilan ta’minlaşda iştirok etgani uçun sanksiyalar röyxatiga kiritilgan.

Korxonalar va taşkilotlarning yagona davlat registriga köra, Uzstanex 2018 yil iyul oyida röyxatdan ötgan. Amalga oşiradigan faoliyat turi – mexanik dastgohlarning ulgurji savdosi. Ustav fondi 65 mln söm. Yagona ta’sisçisi – Abramov Vasiliy Vitaleviç, direktori – Boysov Dmitriy Aleksandroviç. Kompaniya Toşkent şahri Yaşnobod tumanida joylaşgan.

Avvalroq, AQŞ Moliya vazirligi ham Uzstanex kompaniyasiga nisbatan sanksiya kiritgan edi. Departament qarorida ta’kidlanişiça, kompaniya «Rossiyaga qarşi sanksiyalarni çetlab ötişda iştirok etgan», jumladan, Uzstanex tomonidan xarid qilingan dastgohlar Xitoyda joylaşgan kompaniyalar orqali Rossiyaga yetkazib berilgan.