AQŞ prezidenti Jo Bayden prezidentlik saylovlarida ğalaba qozongan öz vorisi Donald Trampga hokimiyat tinç yöl bilan ötkazilişini ta’minlaşga va’da berdi. «Men prezident sifatidagi vazifamni bajaraman. Qasamyodimni bajaraman va Konstitutsiyani himoya qilaman. 20 yanvar kuni bu yerda Amerikada hokimiyat tinç yöl bilan ötkaziladi», dedi Bayden 7 noyabr, payşanba kuni xalqqa murojaatida.

Amaldagi prezidentning sözlariga köra, u öz ma’muriyatiga «hokimiyatning tinç va tartibli ötişi uçun» öz vorisi jamoasi bilan töğridan töğri işlaşni topşirgan. Şuningdek, u bir kun avval Trampni prezidentlik saylovlarida ğalaba qozongani bilan tabriklaganini ta’kidladi.

Bayden, şuningdek, AQŞ saylov tizimining «halolligi, adolatliligi va şaffofligiga» işonç bildirdi. Saylovdagi mağlubiyat demokratlarning mağlubiyatga uçraganini anglatmaydi, dedi u va öz tarafdorlarini taslim bölmaslikka çaqirdi. «Bu men prezident bölganim uçun emas, balki biz qilgan hamma narsa, siz qilgan işlar tufayli tarixiy prezidentlik edi», — deya xulosa qildi Bayden. U, şuningdek, prezidentligining sönggi kunlaridan unumli foydalanişga va’da berdi.

Tramp Baydenning inauguratsiyasida qatnaşmagan

2020 yilda Tramp – öşa paytda ikkinçi muddat uçun kuraşayotgan AQŞ prezidenti – öz raqibi Baydenning saylovlardagi ğalabasini tan olişdan boş tortdi va unga sud orqali e’tiroz bildirişga urindi. U Baydenning inauguratsiyasida ham qatnaşmadi.

Ovozlarni sanab çiqişning dastlabki natijalariga köra, AQŞ prezidentligi saylovlarida respublikaçi nomzod Tramp ğalaba qozongan. Respublikaçi 295 saylovçilar kollegiyasi ovozini qölga kiritdi, Demokratik vitse-prezident Kamala Harris esa 226 ovozga işonişi mumkin edi. Ğalaba qozoniş uçun öz ştatlaridagi saylovçilarni ifodalovçi 270 saylovçilar kollegiyasi ovozini oliş kerak edi.

Harris eng yuqori davlat lavozimi uçun kuraşda mağlubiyatga uçraganini omma oldida tan oldi. AQŞning yangi prezidenti inauguratsiyasi 20 yanvar kuni bölib ötadi.