Amerikalik milliarder Ilon Maskning boyligi uning Tesla kompaniyasi aksiyalari ösişi fonida 26,5 milliard dollarga oşgan. Bloomberg ma’lumotiga köra, Trampning ğalabasidan keyin qimmatli qoğozlar narxi 15 foizga oşib, har bir aksiya uçun 289 dollarni taşkil qildi.
Saylovdan keyingi tunni Mask Tramp bilan, uning Floridadagi Mar-a-Lago kurortida ötkazdi va sönggi yangiliklarni birgalikda kuzatib turdi.
«Bugun Amerika xalqi [Trampga] özgarişlar uçun mutlaq kart-blanş berdi», — deya yozgan X ijtimoiy tarmoği (sobiq tvitter) egasi Trampning ğalabasiga şubha qolmaganidan keyin öziga tegişli platformada.

Palm-Biçdagi konferens-markazda qilgan ğalaba nutqida Tramp bir neça daqiqa davomida yiğilganlarga Maskni maqtab, yaqinda SpaceX işlab çiqargan raketa muvaffaqiyatli qöngani töğrisida gapirdi — bu ham Maskka tegişli yana bir kompaniya.
Mask iyul oyida respublikaçilarning Pensilvaniya ştati Batler şahridagi mitingda ötkazilgan mitingi çoğida sodir etilgan suiqasddan keyinoq Trampning faol tarafdoriga aylangandi.
Şundan keyin milliarder uning saylovoldi kampaniyasi uçun qariyb 120 mln dollar xayriya qildi.
U şuningdek saylov kunidan oldingi haftalarda Trampga ğalaba zarur bölgan ştatlarda davomatni oşiriş böyiça kampaniya ötkazib, uning doirasida ştatlardagi saylovçilar orasida har kuni 1 mln dollarlik lotereya öynaşni yölga qöydi. Filadelfiya şahri okrug prokurori Larri Krasner Maskning siyosiy lotereyasini «milliy saylovlarga haqiqatda ta’sir körsatiş uçun möljallangan» firibgarlik deb atadi va uni töxtatişni talab qildi. Ammo sud buni taqiqlamadi: milliarderning advokatlari pul oluvçilar tasodifan tanlanmaganiga işontirişdi.
Mask Trampni öz nomi, pullari bilan qöllab-quvvatlab, öz platformasini respublikaçilarga taqdim etgaç, Trampning qayta saylanişi uning eng aşaddiy tarafdoriga yorqin istiqbollarni oçadi.
Saylangan prezident allaqaçon özining ikkinçi muddatida Maskni ma’muriyatiga taklif etib, davlat organlaridagi isrofgarçilikka çek qöyiş vazifasini topşirişini aytgan.
Maskning özi ehtimoliy rolini «Hukumat samaradorligi departamenti» (Department of Government Efficiency) deb atagan, bu nomning abbreviaturasi u faollik bilan tarğib qilayotgan DOGE kriptovalutasiga mos keladi.














