AQŞning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp NBC News uçun intervyusida saylovlardan keyin hali Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan gaplaşmagani, ammo allaqaçon ukrainlar yetakçisi Volodimir Zelenskiy bilan qönğiroqlaşganini aytdi.
«Öylaymanki, biz gaplaşamiz», — degan u Putin bilan muloqot töğrisida. U Zelenskiy bilan suhbat tafsilotlarini oçiqlamagan.
U çorşanba kuni tongdan buyon «70 ga yaqin davlatlar rahbarlari», jumladan, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan gaplaşganini aytgan. U Isroil yetakçisi bilan muloqotini «juda yaxşi suhbat» deb atagan.
Intervyuda Tramp prezident Jo Bayden va saylovlarda öziga raqiblik qilgan vitse-prezident Kamala Harris bilan ham telefon qönğiroqlari haqida ma’lumot bergan.
Bayden va Harris uni ğalaba bilan tabriklaş uçun çorşanba kuni qönğiroq qilişgandi.
«Juda yoqimli qönğiroqlar, ikkisi ham hurmat körsatişdi», — degan Tramp muloqotga ta’rif berib, Harris hokimiyat ötkazilişi töğrisida gapirgani va bu imkon qadar silliq keçişini istaşini aytganini qöşimça qilgan.
«Men, albatta, unga qöşilaman», — degan Tramp.
Uning aytişiça, Bayden bilan muloqotda ular «juda tez furatlar»da birgalikda tuşlik qilişga kelişib olişgan.
Payşanba kuni Vladimir Putin Trampning saylovdagi ğalabasi yuzasidan ilk bor munosabat bildirdi va uni tabrikladi.
«Fursatdan foydalanib, uni AQŞ prezidenti etib saylangani bilan tabiklayman. Men oldin ham aytganman, biz Amerika xalqi işonç bildirgan istalgan davlat rahbari bilan işlaymiz. Amalda ham şunday böladi», — degan Putin «Valday» xalqaro muhokama klubi yiğilişida.
Putin şuningdek Trampning «Ukraina inqirozini yakunlaşga hissa qöşiş»ga tayyorligi haqidagi bayonotlarini eslagan.
«U nima qilişi — unga beriladigan savollar. Ammo hozirgaça omma oldida aytilgan, Rossiya bilan munosabatlarni tiklaş, ukrain inqirozini tugatişga yordam beriş istagida aytilgan gaplar, nazarimda, e’tiborga loyiq körinadi».
Rossiya prezidenti buni «uyatli» deb hisoblamasa ham, Trampga qönğiroq qilmoqçi emasligini aytgan. «Men buni qilmayapman, çunki Ğarb davlatlari rahbarlari deyarli har hafta qaysidir bosqiçda menga qönğiroq qilişdi va keyin birdan töxtab qolişdi», — dedi u.
U Tramp 2016–2020 yillardagi birinçi prezidentlik muddati davomida «qöşimça qadam taşlaşdan, qöşimça söz aytiş»dan qörqqani, biroq yozdagi suiqasd paytida jasorat körsatganini ta’kidlagan.













