Prezidentlik saylovida ğalaba qozongan Donald Trampning ittifoqçilari saylovoldi kampaniyasidagi va’dalaridan biri – AQŞdan noqonuniy migrantlarni ommaviy ravişda çiqarib yuborişni amalga oşirmoqçi. Bu haqda CNN manbalariga tayanib xabar berdi.
Muhokamalardan xabardor tört manbaning aytişiça, Donald Trampning ittifoqçilari va ayrim xususiy sektor vakillari noqonuniy migrantlarni ommaviy ravişda hibsga oliş va deportatsiya qilişga tayyorgarlik körmoqda.
Öz navbatida, Trampning katta yordamçisi Jyeyson Miller sözlariga köra, yangi saylangan prezident birinçi navbatda çegara xavfsizligi siyosatini jonlantirişga e’tibor qaratadi va Jo Bayden davrida Oq uy tomonidan amalga oşirilgan çora-tadbirlarni bekor qiladi.
Xususan, CNN manbalaridan biri Tramp ma’muriyati jinoyat sodir etgan noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilmoqçi ekanini aytdi. Biroq Qöşma Ştatlarga bolaligida kelib qolgan migrantlarni deportatsiya qiliş yoki qilmaslik borasida yakdil fikr yöq.
Trampning yana bir maslahatçisi Brayan Xyuz sözlariga köra, yangi saylangan prezident Oq uyga qaytganida çegara xavfsizligi asosiy siyosatidan biri böladi.
«Tramp saylovda ğalaba qozondi, çunki amerikaliklar uning çegaralarni qöriqlaş va noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qiliş böyiça soğlom siyosatiga qöşildi», deb tuşuntirdi Xyuz.
CNN suhbatdoşlaridan birining qöşimça qilişiça, prezidentlik saylovidan oldin ham xususiy sektorda migrantlarning ehtimoliy ommaviy çiqarib yuborilişini qanday ta’minlaş mumkinligi haqida suhbatlar bölgan. Telekanalning tuşuntirişiça, respublikaçilar ham, demokratlar ham bunday çora-tadbirlarni amalga oşirişda resurslar yetişmasligiga duç kelgan.
Bir kun avval CNN şuningdek, noqonuniy migrantlarni deportatsiya qiliş böyiça operatsiyalar uçun mas’ul bölgan AQŞ Içki xavfsizlik departamenti Tramp mamlakat prezidenti lavozimiga kirişgandan söng immigratsiya siyosatida katta özgarişlar kutayotgani haqida xabar berdi. Ayrim xodimlar Trampning saylanişini iştiyoq bilan kutib olişdi: sönggi uç yil davomida Oq uy çegarada muntazam ravişda migrantlar inqiroziga duç keldi va bu köplab tanqidlarga sabab böldi.
Tramp Bayden va uning ma’muriyati immigratsiya siyosatini köp marotaba tanqid qilgan. Saylov oldidan u Amerika fuqarolarini öldirgan noqonuniy migrantlar uçun ölim jazosini qöllaş tarafdori ekanini eslatib, AQŞga noqonuniy yöllar bilan kirib kelayotgan odamlarga nisbatan siyosatni kuçaytirişga va’da bergan edi.

















