Rossiyadagi mehnat migrantlariga ortib borayotgan bosimning sababi – migrantlar keladigan davlatlarga geosiyosiy bosim o‘tkazishdir. Bundan tashqari, ichkarini «tozalagan» kuch tuzilmalari uchun kurashadigan boshqa «dushman» qolmadi, shuning uchun himoyasiz migrantlarga o‘tildi, deydi siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov.

Kun.uz muxbiri Rossiyadagi mehnat migrantlarimiz bilan bog‘liq vaziyat haqida mutaxassislar bilan suhbat tashkil qildi. Suhbatda siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov migrantlarga oshib borayotgan bosimning sabablari haqida gapirdi.

«Rossiyadagi eng yirik ish birjasida 53 foiz ishchilar yetishmayotgani aytilmoqda. Putinga yaqin bo‘lgan, Markaziy bank raisi Elvina Nabiulina esa 72 foiz korxonalarga ishchi kuchi yetishmayotganini bildirdi. Nega bunday holatda Rossiya migrantlarga kuchli bosim qilyapti?

Buning bir qancha sabablari bor. Tashqi sabablar: Rossiya vaqti-vaqti bilan migrantlarga bosim qilish orqali migrantlar ko‘p keladigan davlatlarga geosiyosiy bosim qilishni maqsad qiladi. Misol uchun, 2010 yillarda Tojikiston Rossiyaning tashabbuslariga yo‘q, degan. O‘shanda Rossiya 2 samolyotdagi migrantlarni qaytarib yuborish orqali Tojikistonga bosim qilgan edi. Bu asosan Tojikiston, Qirg‘iziston yoki O‘zbekistonga signal berish usuli, bu Markaziy Kremlning qarori bo‘ladi.

Bundan tashqari, har doim avtoritar davlatlarda kuchishlatar tuzilmalar o‘zining borligini, davlatdan olayotgan judayam katta resurslari, pullarini oqlash uchun ularga «dushman obrazi» judayam kerak. Ya’ni biz nimadir qilyapmiz, biz bo‘lmasak, osmon uzilib yerga tushib ketadi, mana shunday muammolar ko‘payib ketadi, degan ma’noda.

Rossiya hozir muxolifatdan tozalandi. Ichkarida hokimiyatga zo‘riqish vektorlarini shakllantiruvchi institutlar qolmadi. Muxolif fikrlaydigan OAVlar qolmadi. Muxolif namoyandalar hattoki qamoqxonalardan ham chetga olib chiqib ketilyapti. Mana shunday fonda ishlatish qulay bo‘lgan omillardan biri sifatida migrantlar qoladi. Rossiyada ultrao‘ng kuchlar, (bir vaqtlar paydo bo‘lgan «skinhead»lar) doim bo‘lgan va ular aynan migrantlarni yo‘qotish tarafdori.

Rossiyada yana bir yangi kontekst paydo bo‘lgan. Yaqinda Rossiya tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin