Janubiy Koreyadagi Çedju orolida baliqçilar kemasi çökib ketişi oqibatida ikki kişi halok böldi va yana 12 kişi bedarak yöqoldi, deb xabar beradi Yonhap agentligi.

Oğirligi 129 tonnani taşkil etgan «Kimson» kemasida 27 nafar ekipaj a’zosi bölgan — ularning 16 nafari janubiy koreyalik, 11 nafari esa indoneziyalik bölgan. 8 noyabr kuni soat 04:31 da sohilni qöriqlaş xizmati kema Çedjudagi Biyan orolidan 24 kilometr uzoqlikda çökayotgani töğrisida falokat signalini olgan.

Körsatilgan tezkor yordam natijasida 27 nafar ekipaj a’zosidan 15 nafari qutqarilgan. Ikki nafar Janubiy Koreya fuqarosi oğir ahvolda topilgan va şifoxonada yotqizilgan. Ammo köp ötmay ularning joni uzilgan.

Şuningdek, yana 12 kişi bedarak yöqolgan — ularning ikki nafari indoneziyalik, qolganlari janubiy koreyalik.

Qutqarib olingan ekipaj a’zolarining aytişiça, ular boşqa bir kemaga kömir ortayotgan vaqtida özlarining kemasi kutilmaganda ağdarilib, çöka boşlagan. Mamlakat prezidentining matbuot kotibi Çon Xe Çjonning sözlariga köra, Janubiy Koreya rahbari sodir bölgan holatdan xabardor qilingan va u tegişli idoralarga bedarak yöqolganlarni qutqariş uçun barça resurslarni jalb etişni buyurgan.