Çorşanba kuni Ukrainada Rossiya qurolli kuçlari general-mayori Pavel Klimenko halok böldi. Bu Ukrainaga bosqin davomida ölimi tasdiqlangan sakkizinçi rossiyalik general böldi.

Klimenko Donetskdagi 5-motoöqçilar brigadasiga qömondonlik qilgan. Bu bölinma 2014 yil «DXR» rasmiylari tomonidan Rossiya kömagida «Oplot» batalyoni bazasida taşkil etilgan. 2023 yilda brigada Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlarida taşkil etilgan boşqa harbiy tuzilmalar qatori Rossiya qurolli kuçlari tarkibiga kiritilgan.

Generalning ölimi haqidagi xabarni BBC’ga uning yaqinlari tasdiqlagan. Uşbu yuqori martabali harbiyning ölimi haqidagi dastlabki xabar «VKontakte» ijtimoiy tarmoğida, harbiy mavzudagi «Donbass-serdse Rossii!» pabligida paydo bölgandi.

Klimenko Donetskda qiynoqlar lageri taşkil etişda ayblangan, OAVdagi xabarlar va jabrlanuvçilarning qarindoşlari bergan ma’lumotlarga köra, bu joyda rossiyalik harbiylarni qiynaşgan va ularning maoşlari olib qöyilgan. Generalning qöli ostida jang qilganlar ham uni askarlarni «göştqiymalagiç şturmlar»ga yuborganlikda ayblaşgan.

«Dose Şpiona» Telegram-kanali Klimenkoning ölimi tafsilotlarini aniqlagan. Unga köra, yuqori martabali harbiy jangçilar guruhi bilan mototsikllarda ketayotgan vaqtida FPV-dronlar hujumiga yöliqqan. Natijada Klimenko köp sonli tan jarohatlari olgan.

Yomon nom qozongan general

Klimenko Stavropol ölkasida tuğilgan, Sankt-Peterburgdagi Oliy umumqöşin qömondonlik bilim yurtini tamomlagan va şundan keyin  Qora dengiz floti dengiz piyodalari polkiga qabul qilingan. 1990-yillar oxirida Klimenko Çeçenistonda jang qilgan, keyin katta desant kemada xizmat qilgan, Örta yer dengizidagi dengiz kampaniyasida hamda Boltiq dengizidagi strategik maşğulotlarda iştirok etgan. General pogoni unga 2024 yil mayida berilgan.

ASTRA naşri suriştiruviga köra, Klimenko Doneks oblastining okkupatsiya qilingan qismidagi taşlandiq Petrovskiy koni hududida rossiyalik harbiylar uçun qiynoqlar lageri taşkil etgan.

Naşrning yozişiça, Klimenkoning ruxsati bilan uning qöli ostidagilar qiynoq qöllagan holda askarlarni öz maoşi va yaradorlik uçun berilgan pullarni komandirlarga berişga majburlagan.

Donetskdagi huquq faollari general rahbarlik qilgan 5-brigada qömondonligi vakillari öz yaqinlariga işonçnomalar rasmiylaştirib, halok bölgan askarlar uçun tölovlarni ham özlaştirgan. Şuningdek, qurbonlarning qarindoşlari aytişiça, kasal askarlarni davolaş örniga şturmda iştirok etiş uçun oldingi çiziqqa yuborişgan.