OpenAI kompaniyasiga tegişli ChatGPT çatboti faoliyatida uzilişlar sodir böldi va bu minglab foydalanuvçilarga ta’sir körsatdi, deb xabar beradi Reuters. Ta’kidlanişiça, qisqa uzilişlardan keyin çatbot faoliyati tiklangan.
«ChatGPT bilan boğliq muammolar hal etildi», — deyiladi OpenAI bayonotida.
OpenAI boş direktori Sem Altman X ijtimoiy tarmoğiga ChatGPT 30 daqiqa işlamay qolganini yozib, xafa bölgan smaylik qoldirdi: «Işonçlilik nuqtai nazaridan avvalgiga qaraganda ança yaxşimiz, lekin bizni oldinda köp işlar kutmoqda».
Uzilişlarni kuzatiş bilan şuğullanuvçi Downdetector.com saytiga köra, ChatGPT servislari bir soatga yaqin işlamagan va bu 19,4 mingdan ortiq foydalanuvçiga ta’sir körsatgan.
ChatGPT 2022 yil noyabrda işga tuşirilganidan beri haftasiga 250 million faol foydalanuvçini öziga jalb qildi. 2021 yilda OpenAI qiymati 14 milliard dollardan 157 milliard dollarga çiqib ketdi, daromadi esa noldan 3,6 milliard dollarga yetdi.
Avvalroq ChatGPT tufayli dunyoda energiyaga bölgan talab oşgani ma’lum qilingandi. Qayd etilişiça, ChatGPT orqali qidiruv Google orqali qidiruvdan 10 barobar köp energiyani talab qiladi.












