Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Penzadagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni aniqlashtirildi
Rossiyaning Penza viloyatida o‘zbekistonliklar YTHga uchragani xabar qilingandi. Halok bo‘lganlarning ikki nafari O‘zbekiston fuqarosi ekani tasdiqlandi.
“KamAZ” yuk mashinasi va Cobalt avtomobili to‘qnashishi oqibatida 1996 yilda tug‘ilgan Cobalt haydovchisi hamda 1980 va 1965 yilda tug‘ilgan ikki yo‘lovchi erkak voqea joyida halok bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotda halok bo‘lganlarning bir nafari O‘zbekiston fuqarosi ekani qayd etilgan.
O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasining ma’lum qilishicha, olib borilgan tadbirlar natijasida halok bo‘lganlarning ikki nafari (1980 va 1996 yilda tug‘ilgan fuqarolar) O‘zbekiston fuqarosi ekani aniqlandi.
Bosh konsulxona mahalliy hokimiyat vakillarining ko‘magida turli jarohatlar olgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Kuznesk tumanlararo shifoxonasidan Penza shahar 6-markaziy klinik shifoxonasiga ko‘chirilgan.
Ayni paytda Bosh konsulxona jasadlarni vatanga qaytarish bo‘yicha zarur rasmiylashtiruv ishlarini yakunlash choralarini ko‘rmoqda.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
16:48 / 15.05.2026