Google öz foydalanuvçilarining şaxsiy ma’lumotlari himoyasini kuçaytirişni davom ettirmoqda. Kompaniya hozirda Shielded Email nomli funksiya ustida iş olib boryapti, u öziga xos bir martalik email-manzillar yaratiş imkonini beradi. Ulardan turli sayt va ilovalarda röyxatdan ötişda asosiy poçta qutisini körsatmay turib, foydalaniş mumkin böladi.

Yangi funksiyaning işlaş mexanizmi sodda. Shielded Email’ni işlatiş davomida aniq biror sayt yoki ilova uçun noyob manzil yaratiladi. Undan yuborilgan barça maktublar avtomatik ravişda asosiy poçta qutisiga jönatiladi. Agar manzil nomaqbul xat-xabarlarni qabul qila boşlasa, foydalanuvçi istalgan vaqtda bunday sinxronizatsiyani amalga oşirişi mumkin.

«Bunday yondaşuv nafaqat spamlarga qarşi kuraşişga, balki onlayn-faollikni kuzatiş xatarini kamaytirişga ham yordam beradi. Shielded Email ma’lumotlar sizib ketiş ehtimolini kamaytiradi», — deyiladi xabarda.

Apple kompaniyasi öz qurilmalarida bunday funksiyadan ançadan beri foydalanib keladi — iCloud’da Hide My Email servisi. Hozirça Shielded Email bepul funksiya böladimi yoki faqat Google One obunaçilariga taqdim etiladimi noma’lum. Şuningdek, yaratiladigan manzillar soni çeklaniş yoki çeklanmasligiga ham oydinlik kiritilmagan.

Mutaxassislarning taxminiça, Shielded Email Android’ning yaqin vaqtlardagi yangilanişida taqdim etiladigan asosiy funksiyaga aylanadi.