ATACMS kassetali va oddiy jangovar kallaklar bilan jihozlanishi mumkin, bir necha modifikatsiyadan eng uzoqqa ucha oladiganlari 300 km masofaga zarba bera oladi.
Foto: White Sands Missile Range

Baydenning bu qarori haqida dastlab yakshanba kuni The New York Times va The Washington Post gazetalari xabar qildi, keyinroq bu informatsiyani o‘z kanallari orqali CNN va CBS telekanallari olishgan.

Gazetalarning anonim manbalari Rossiyaning Kursk oblastiga shimoliy koreyalik askarlar jo‘natilganiga javoban Bayden shunday qarorga kelganini hikoya qilishgan.

«Mulozimlardan biri bu qadam Pxenyanni yangi qo‘shin jo‘natishdan qisman tiyishga qaratilganini aytdi. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Jong In dastlabki harbiy qismlarning jo‘natilishi qimmatga tushuvchi xato bo‘lishini anglashi kerak, dedi mulozim», — deb yozgan Washington Post.

ATACMS (Army Tactical Missile System) — bu taktik ballistik raketa bo‘lib, ularni HIMARS qurilmalaridan ham uchirish mumkin. Uning turli modifikatsiyalari turlicha parvoz masofasiga ega va eng olis uchish masofasi 190 mil, ya’ni 306 km.

Shu paytgacha Vashington o‘z raketalari bilan Rossiya hududi ichkarisiga zarba berishga ruxsat bermayotganini eskalatsiya kuchayishi mumkinligi bilan tushuntirib kelayotgandi. CNN sharhlovchisi tushuntirishi, Rossiya AQSh va NATOning boshqa davlatlari hududida qo‘poruvchilik uyushtirish bilan javob berishidan xavotirlanib kelishgan.

Amerika gazetalari hamsuhbatlari so‘zlariga ko‘ra, bu xavotir hamon saqlanmoqda. Ulardan birining so‘zlariga ko‘ra, aynan shu sababli Baydenning ruxsati bilan uchiriladigan raketalar oqibatlari «o‘ta konkret va cheklangan» bo‘ladi.

«Men bu ruxsat hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi, deb o‘ylamayman», — degan BBCʼga anonim qolishni istagan Kiyevda yashovchi g‘arblik diplomat.

«Bu o‘rtaga tikilgan davolarni yanada oshirish va Ukrainaga harbiy ko‘makni namoyish etishga qaratilgan ramziy qaror. Bu Rossiya uchun urushning tushovini qimmatlashtirishi mumkin», — degan diplomat.