Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan yöl qurilişi böyiça buyurtma olib beriş uçun 50 ming AQŞ dollari talab qilgan şaxs uşlandi.

Qayd etilişiça, yöl qurilişi hamda ta’mirlaş faoliyati bilan şuğullanuvçi mas’uliyati çeklangan jamiyat rahbari N.Ş. özganing işonçiga kirib, unga Toşkent—Boysun avtoyölini quriş va ta’mirlaş loyihasi böyiça tender ğolibi bölgan xorijiy kompaniyaning qiymati 500 ming dollarlik quriliş işlarini bajariş böyiça buyurtmasini olib berişni va’da qilgan. Buning evaziga u buyurtma qiymatining 10 foizini, ya’ni 50 ming dollarni olgan vaqtida DXX hamda Boş prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan uşlangan.

«Ta’kidlaş lozimki, u muqaddam bir neça marotaba sudlangan bölişiga qaramasdan, öz xatolaridan töğri xulosa çiqarmagan», — deyiladi xabarda.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 211-moddalari (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.