«Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş töğrisida»gi qonun 14 noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.
Qonunda bolaga nisbatan zöravonlik tuşunçasi va jismoniy, jinsiy va ruhiy zöravonlikdan taşqari uning yangi şakllari — ğamxörlik körsatmaslik, ekspluatatsiya, bulling kabilar ham e’tirof etilgan.
Şuningdek, davlat bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş uçun tegişli huquqiy, ma’muriy, ijtimoiy, iqtisodiy va boşqa çoralarni körişi, zöravonlikdan jabrlanuvçilarni reabilitatsiya qilişi va ularning huquqlarini tiklaşi hamda ularni ijtimoiy moslaştiriş uçun zarur bölgan samarali çoralar körişi belgilangan.
Mutasaddi organlarning bolalarni zöravonlikdan himoya qilişga oid maxsus vakolatlari, özaro işlaş mexanizmi va mas’uliyati doirasi közda tutilgan.
Qonunning 13-moddasiga köra, Içki işlar organlari bolaga nisbatan zöravonlik va ğamxörlik körsatmaslikka yöl qöygan ota-onalar töğrisidagi axborotni vakolatli davlat organiga yuboradi. Bolalarga nisbatan zöravonlik sodir etgan yoki uni sodir etişga moyil bölgan şaxslar töğrisidagi ma’lumotlarni töplaydi, ularni tahlil qiladi. Bundan taşqari, vakolatli davlat organiga bolaning hayotiga yoki soğliğiga bevosita tahdid tuğilgan hollarda bolani ota-onasidan (ularning biridan) olib qöyişda kömaklaşadi.
Qonun 2025 yil 15 may kuni kuçga kiradi.
















