Haagadagi xalqaro tribunal Isroil boş vaziri va sobiq mudofaa vazirini Falastindagi bemisl xunrezliklar uçun qamoqqa olişga buyruq bergani – tarixiy adolatning qaror topişi yölidagi katta huquqiy, ma’naviy marra, deydi siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov Kun.uz'dagi kolonkasida.

Keça, 21 noyabr kuni Xalqaro jinoyat sudi Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni qamoqqa oliş uçun order berdi.

Ular uruş metodi sifatida oçlik keltirib çiqarişda ifodalangan harbiy jinoyatlar hamda qotillik, ta’qib qiliş va boşqa noinsoniy xatti-harakatlarda ifodalangan insoniyatga qarşi jinoyatlarda ayblanmoqda.

Netanyahu va Galant, şuningdek, tinç aholiga qasddan hujum uyuştiriş jinoyatiga aloqadorlikda ham ayblangan.

Isroil davlati bu hukmni juda salbiy qabul qildi. Mamlakat siyosiy elitasi jazavada. Nega? Sababi oddiy: bu suddan keyin isroillik harbiylar, boşqa siyosatçilar ham sudlanişi, aybdor deb topilişi, natijada butun Isroil davlatining xalqaro munosabatlari majruhlanişi mumkin.

Qolaversa, bu sud hukmi – juda oğir huquqiy-tarixiy tamğaki, bundan keyin “Isroil – eng oğir jinoyatlar qilgan va rasman uşbu jinoyatlarda ayblangan davlat” deb tan olinadi.

Xalqaro jinoyat sudi bayonotiga köra, Isroil “ataylab millionlab insonlarni Ğazoda oçdan öldiriş uçun blokada siyosatini olib bordi”, “ataylab tinç aholini öqqa tutib, ön minglab insonlarni öldirdi”, degan ayblovlar ilgari surilmoqda.

Endilikda Rim statuti (XJSning asos hujjati)ni ratifikatsiya qilgan davlatlar Netanyahu uşbu davlatlarga borgan taqdirda uni uşlab berişi kerak böladi. Bu – Isroil boş vaziri va davlatçiligini juda qiyin ahvolga soladi.

Xalqaro jinoyat sudining Rim Statuti. Yaşil rang – a’zo mamlakatlar; sariq rang – a’zo böliş haqidagi qarorni qabul qilgan, ammo uni ratifikatsiya qilmagan mamlakatlar; binafşarang – a’zoligini töxtatgan mamlakat; sabrizang – a’zo böliş haqidagi qarorini ratifikatsiya qilmay turib bekor qilgan mamlakatlar; qizil – a’zo bölmagan mamlakatlar.

Sud hukmiga munosabatlar turliça böldi. AQŞ, har doimgidek, Isroil tarafda. Vaşington bu masalada yakkalanib qoldi. AQŞ prezidenti Bayden “bu hukmdan jahlim çiqdi, biz Isroil xavfsizligini himoya qilamiz” dedi. AQŞlik senator Tom Kotton esa yanada radikalroq fikr bildirdi: “Kimki bu qarorni ijro qilsa, özidan körsin, kerak bölsa bostirib kiramiz”.