Avvalroq Kanadada Moskva nomidan vakillik qilgan Rossiya TIV Şimoliy Amerika departamentining 64 yoşli direktori Aleksandr Darçiyev Rossiyaning AQŞdagi yangi elçisi bölişi mumkin. Bu haqda 24 noyabr, yakşanba kuni «Kommersant» gazetasi uç manbaga tayanib xabar berdi. «Vedomosti» gazetasi bu tayinlov haqida oktyabr oyida yozgan edi.
Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 20 noyabr kuni nomzod tanlab olingani, farmonni tasdiqlaş va tayyorlaş jarayonlari olib borilayotganini ma’lum qildi. «Biz yaqin kelajakda bunday tayinlovni kutişimiz mumkin», dedi Kreml matbuot kotibi aniq ismni aytmasdan.
«Bu - Polişinel siri»
«Bir neça oydan beri bu - Polişinel siri. Qonunçilik çeklovlari mavjud bölganligi sababli, biz bu jarayonni oşkora izohlamaymiz», deya ma’lum qildi Rossiya Taşqi işlar vazirligi RBK agentligiga.
«Vedomosti» gazetasining ta’kidlaşiça, bunday ssenariyda elçi sovet an’analariga xos vazir örinbosari lavozimidan emas, balki Taşqi işlar vazirligining departament boşliği lavozimidan tayinlanadi.
Darçiyev Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan. 1983-1992 yillarda AQŞ va Kanada institutida aspirant va ilmiy xodim bölgan. 1992 yildan buyon diplomatik xizmatda. 2014 yildan 2021 yilgaça u Rossiyaning Kanadadagi elçixonasini boşqargan.
2022 yilda «Interfaks» agentligiga bergan intervyusida u «sovuq uruş davrida işlagan unutilgan tamoyil» — «bir-birimizga yuklamaslik kerak bölgan, bizni ajratib turadigan qadriyatlar va ideallarga qaramay, tinç-totuv yaşaş» haqida eslaşni taklif qildi. Öşa intervyuda diplomat «mamlakatlarimiz örtasidagi me’yoriylik qayta tiklanişiga» umid bildirdi.
Rossiya öz elçisi Antonovni AQŞdan çaqirib oldi
Rossiyaning Vaşingtondagi elçisi Anatoliy Antonov AQŞdagi faoliyatini yakunlab, Moskvaga qaytdi. Bu haqda 5 oktyabr kuni Rossiya taşqi işlar vazirligi Rossiya axborot agentliklariga ma’lum qildi.
Taşqi işlar vazirligi bayonotida aytilişiça, Antonov «Vaşingtondagi xizmat safarini yakunlamoqda». Rossiyaning AQŞdagi elçixonasi TASS agentligiga sobiq elçi bortida bölgan samolyot Moskva vaqti bilan 5 oktyabr kuni keçqurun Moskvaga uçganini ma’lum qildi. Bu lavozimda Anatoliy Antonov örniga kim kelişi haqida ma’lumot berilmagan.

















