2024 PT asteroidi Quyoş tomon harakatlanişni boşlaydi va 2055 yilga borib Yerdan uzoqlaşadi. Bu haqda NASA markazi ma’lumotlariga tayanib, FoxNews xabar berdi.
Sentyabr oyida gravitatsion tortişiş natijasida Yer 2024 RT asteroidini «tutib olişi» töğrisida xabar berilgandi. Öşanda asteroid 25 noyabrga qadar Yer atrofida xuddi kiçik Oy kabi vaqtinça aylanişi aytilgan edi.
Qayd etilişiça, ayni vaqtda 2024 RT asteroidi Yerdan 3,2 million kilometr uzoqlikda — bu Oygaça bölgan masofadan töqqiz barobar köp demak. U sayyoraning tortişiş kuç doirasiga tuşadigan darajada Yerga yaqin kelmadi.
Tadqiqotçilarning hisoblaşiça, obekt uzoq yillar oldin asteroid bilan töqnaşuv tufayli Oy yuzasidan ajralib çiqqan ulkan toş bölagi bölişi mumkin.
U yanvar oyida Yerga oxirgi marta 1,7 million kilometrgaça yaqin keladi va şundan söng asteroidni Quyoşning gravitatsion kuçi öziga tortib ketadi. Diametri 10 metrni taşkil etadigan obekt bölgani bois oddiy köz bilan uni kuzatiş imkonsiz.
Avvalroq xitoylik olimlar Yerni xavfli asteroid zarbalaridan himoya qilişning yangi usulini topgandi. Ularning ta’kidlaşiça, asteroidlarning Yer bilan potensial töqnaşuvi yuz berişi mumkin bölgan ayrim vaziyatlarda faqatgina yadro quroli falokatning oldini olişga yordam berişi mumkin.

















