Dunyodagi eng keksa erkak deya tan olingan Jon Alfred Tinnisvud Buyuk Britaniyadagi qariyalar uyida 112 yoşida vafot etdi. Bu haqda Tinnisvudning oilasiga tayanib Mirror xabar berdi.

Tinnisvud 1912 yil 26 avgustda dunyoga kelgan — öşa yili «Titanik» çökib ketgan va Xitoydagi Tsin sulolasining 268 yillik boşqaruvi yakuniga yetgan. Erkak köplab texnologik yutuqlarni boşdan ötkazgan va u köpinça «samolyotlar harakatlaniş vositasiga aylanganidan keyin dunyo kiçraydi», derdi.

2024 yil aprelda Jon Alfred Tinnisvud dunyodagi eng keksa erkak sifatida tan olingan va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Öşanda Tinnisvud 111 yoşda edi, avgustda esa u özining 112 yoşini nişonlagan. Undan bir nafar qiz, tört nafar nabira va uç evara qoldi.

Tinnisvudga qadar venesuelalik Xuan Vinsente Peres Mora dunyodagi eng keksa erkak deya hisoblab kelingan. U joriy yilning aprelida 114 yoşida vafot etgandi.

Sentyabr örtalarida yaponiyalik ayol dunyodagi eng keksa odam deb topilgan va 116 yoşdan oşgan ayolga Ginnesning rekordlar kitobi sertifikati topşirilgan edi.