Sovuq kunlar bilan qişloq aholisining taşvişli kunlari ham boşlanadi. Farğona viloyati Toşloq tumanining Istiqlol qişloğida ham uylarga allaqaçon peçkalar qurilgan. Mörilardan tappi, ötin, kömir tutuni burqsiydi. Dalalarda ham iş qizğin, fermer xöjaligiga ğözapoya oliş uçun işga kirgan ayollarning ayniqsa qöli-qöliga tegmaydi.

Loy köçalarda maktabga ketayotgan öquvçilar, suv taşiyotgan bolalar, sigir soğayotgan ayol, ğözapoya örilayotgan dala, non yopayotgan uy bekasi – bularning barçasini qişloqqa kelsangiz körasiz.

Qişloqda muammo köp bölsa ham baxtliman...

Nargiza Mahmudovaning ikki qizi bor. Turmuş örtoği yengilsanoat korxonasida işlaydi. Qişloq ayoli kunlik işga çiqar ekan.

Nargiza Mahmudova

“Ikki bolam bor. Fermerdan gektar yer olib, paxta terib, ğözapoyasi uçun işlaymiz. Ğözapoya yoqib tandirga non yopamiz, uy isitiş uçun peçkaga taşlaymiz, rözğor uçun işlatamiz-da.

Erta bahor fermer yeriga ekin ekilgandan keyin yagana, çopiq qilamiz. Bir gektar yer olsak, töliq ğözapoyasini olamiz. Keyin buğdoy, somon beradi, yer beradi ekib oliş uçun. Mol, qöylarga ekin ekib olamiz.

Ğözapoyani iloji boriça tejab yoqişga harakat qilamiz. Tejamasak bahorgaça yetmay qoladi. Tabiiy gaz yöq: ötin, kömir sotib olamiz. Mollarimiz göngidan yozda tappi tayyorlab, qişga asrab qöyamiz. Bir qişda ikki tonna kömir yoqamiz. Ötin ham sotib olinadi, albatta.

Qişloqda muammo köp-ku, baribir baxtliman. Bolalarim bor, xöjayinim işlaydi. Rözğorimiz, kunimiz ötib turibdi-yu, şunisigayam şukr. Baxtli oilamiz, iloji boriça yaxşi yaşaşga harakat qilamiz. Endi yaxşi, baribir, şaroitimiz burungiga qaraganda. Qişloq şaroitiga könikib bölganmiz-da, hozirgi şu şaroitga.