Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Özbekistondagi faoliyatini yakunlayotgan Italiya elçisini qabul qildi. Bu haqda TIV rahbari özining Telegramʼdagi kanalida yozib qoldirdi.

Qayd etilişiça, Italiyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Agostino Pinna bilan xayrlaşuv uçraşuvi ötkazilgan.

«Dinamik iqtisodiy hamkorlik, yangi investitsiyaviy loyihalar, tadbirkorlar örtasidagi yaqin aloqalar va muntazam siyosiy uçraşuvlar strategik şerikligini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda. Janob elçiga mamlakatimizda fidokorona xizmatlari uçun Taşqi işlar vazirligi nomidan minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz», — deb yozadi Baxtiyor Saidov.

Agostino Pinna 2020 yildan beri Italiyaning mamlakatdagi elçisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Avvalroq Özbekistonning Belgiyadagi elçisi Ğayrat Fozilov Niderlandiyada ham elçi etib tayinlangan va uşbu davlat Taşqi işlar vazirligining Protokol va qabul qiluvçi mamlakat bilan aloqalar departamenti direktoriga işonç yorliqlari nusxasini topşirgandi.