Migrantlar uçun imkoniyat, işga tuşayotgan ijtimoiy kartalar va «Majburiyatlar reyestri» – 1 dekabrdan nimalar özgaradi?
|21:14 / 27.11.202415 30811 min
Kun.uz sayti öz an’anasiga muvofiq 2024 yil 1 dekabrdan boşlab Özbekiston qonunçiligida röy beradigan ayrim özgarişlarni eslatib ötadi.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Mehnat migrantlari uçun imkoniyatlar beriladi
Bu haqda prezidentning “Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiriş jarayonlarini tartibga soliş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida keltirilgan.
Hujjatga köra, 2024 yil 1 dekabrdan:
xususiy bandlik agentliklari litsenziya olişi uçun zaxira mablağlari miqdori BHMning 8 500 baravaridan 4 000 baravarigaça kamaytiriladi;
xususiy bandlik agentliklari zaxira mablağlarini Migratsiya agentligi roziligisiz foydalanmaslik şarti bilan tijorat banklarining depozitlariga joylaştirişi va uşbu depozitlardan olinadigan foiz daromadlarini erkin tasarruf etişi mumkin;
Migratsiya agentligi tomonidan xorijiy iş beruvçilar va rekruting taşkilotlaridan fuqarolarni xorijda işga joylaştiriş böyiça olingan takliflar oçiq tanlov orqali xususiy bandlik agentliklari örtasida taqsimlanadi.
Qaror bilan xorijga işlaş uçun ketmoqçi bölgan fuqarolarni kasb-hunar va çet tillariga öqitiş tizimini zamon talabiga moslaştiriş, şuningdek, mazkur yönalişda xalqaro tan olingan dasturlar va malaka sertifikatlarini joriy qiliş maqsadida 2024 yil 1 dekabrdan boşlab:
agentlik tomonidan ta’lim taşkilotlarida xorijga işga ketmoqçi bölgan fuqarolarni kasb-hunar va çet tillariga öqitiş böyiça buyurtmalar joylaştiriş tartibi joriy etiladi. Bunda agentlik buyurtmalari asosida kasbiy ta’lim taşkilotlarida xorijga işga ketmoqçi bölgan fuqarolar uçun davlat granti asosida alohida qabul parametrlari belgilanadi. Şuningdek, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi tomonidan xorijga işga ketmoqçi bölgan fuqarolarni öqitiş uçun Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi hisobidan grantlar ajratiladi;
ta’lim kreditini moliyalaştiriş jamğarmasi hisobidan xalqaro tan olingan ta’lim dasturlari böyiça kasbga öqiş uçun ta’lim kreditlarini ajratiş tartibi joriy qilinadi;
agentlikning elektron platformasida kasbiy ta’lim muassasalari va kasbiy könikmalar markazlarida faoliyat yuritayotgan çet tili fani öqituvçilarining reytingi tuziladi. Bunda ingliz, koreys, nemis va yapon tillari böyiça kamida B1 yoki unga tenglaştirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan bitiruvçilari soni eng köp bölgan 50 nafar öqituvçiga Jamğarma hisobidan 50 million sömdan subsidiya tölanadi;
xususiy bandlik agentliklariga çet elda vaqtinça mehnat faoliyatini amalga oşiriş istagida bölgan fuqarolarni kasb-hunar va çet tillariga öqitiş böyiça öquv kurslarini taşkil etiş hamda uşbu jarayonga hamkor xorijiy iş beruvçilarni jalb qiliş huquqi beriladi. Bunda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligiga ta’lim taşkilotlarining böş bino va inşootlarini xususiy bandlik agentliklariga öquv kurslarini taşkil qiliş uçun töğridan töğri şartnomalar asosida tekin foydalanişga berişga ruxsat etiladi.
Mavzuga oid
«Özbekiston temiryöllari» yuk taşiş tariflarini oşiradi
«Özbekiston temiryöllari» AJ 2024 yil 1 dekabrdan mahalliy qatnovdagi vagonlar orqali yuk taşiş tariflarini oşiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bergan.
Qayd etilişiça, «Özbekiston temiryöllari» AJ tomonidan körsatilayotgan yuk taşiş xizmatlarida vagon qismiga boğliq xarajatlar oşgan.
«Uşbu xarajatlarni qisman qoplaş hamda yuk vagon parkini yangilaş maqsadida 2024 yil 1 dekabrdan mahalliy qatnovda aksiyadorlik jamiyatiga tegişli (inventar) vagonlarda yuk taşiş tariflari vagon turidan (universal, maxsuslaştirilgan va sisterna) kelib çiqib, tarif stavkalaridagi vagon qismi 30 foiz miqdorida oşiriladi», – deyiladi xabarda.
Kompaniya matbuot xizmatining Kun.uzʼga ma’lum qilişiça, bu özgariş yuk taşiş tariflarining örtaça 8-10 foizga oşişiga olib keladi.
“Yuk taşiş tariflari infrastruktura, lokomotiv va vagon qismlaridan taşkil topadi. Şu munosabat bilan faqatgina vagon qismi 30 foizga oşirildi, bu jami tarifga vagon turidan kelib çiqib örtaça 8-10 foiz ta’sir etadi”, – deyiladi izohda.
«Majburiyatlar reyestri» joriy qilinadi
2024 yil 3 yanvarda davlat rahbarining “Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş tizimini isloh etiş va sohani raqamlaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”ga farmoni qabul qilingan.
Hujjatda 2024 yil 1 dekabrdan boşlab sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarining sözsiz ijrosini ta’minlovçi «Majburiyatlar reyestri» instituti joriy etilişi belgilangan.
Qayd etilişiça, reyestr Majburiy ijro byurosi tomonidan yuritiladi. Qarzdor mol-mulki yöqligi sababli undiruv amalga oşiriş imkoniyati bölmaganda, u haqidagi ma’lumotlar majburiy tartibda reyestrga kiritiladi. Qarzdor haqida ma’lumot reyestrga kiritilgandan keyin unga nisbatan ijro işi doirasida qöllangan barça çeklovlar saqlab qolinadi.
Reyestrga kiritilgan qarzdorning mol-mulki va pul mablağlari aniqlanganda majburiy ijro harakatlari davom ettiriladi. Qarzdor ijro hujjati böyiça majburiyatini bajarganda, u vafot etganda, ijro hujjatini berişga asos bölgan sud hujjati yoki boşqa organning hujjati bekor qilinganda yoxud ijro hujjati bölgan hujjat bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda, qarzdorning 10 yil davomida mol-mulki yoki pul mablağlari haqida ma’lumot aniqlanmaganda yoki qarzdor bankrot deb topilganda undiruvçining arizasiga köra u haqidagi ma’lumotlar reyestrdan çiqariladi.
Ijtimoiy tölovlar ijtimoiy kartalarga köçadi
Prezident 2024 yil 18 iyul kuni “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tartibini tubdan takomillaştiriş töğrisida”ga qarorni imzolagandi. Unda aholini davlat tomonidan ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga oid barça çoralarni raqamli texnologiyalar asosida taqdim etişga ötişning asosiy yönalişlari belgilab berilgan.
Jumladan, qarorda «Ijtimoiy karta» axborot tizimini joriy etiş orqali ijtimoiy tölovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni tayinlaş, taqdim etiş, monitoring qiliş va baholaş jarayonlarini, şuningdek, aholini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning ijtimoiy xususiyatga ega boşqa barça çoralarini bosqiçma-bosqiç töliq avtomatlaştiriş nazarda tutilgan.
Hujjatga ilova sifatida ijtimoiy tölovlarni ijtimoiy kartalar orqali tölaşni bosqiçma-bosqiç joriy qiliş jadvali keltirilgan. Unga köra, 2024 yil 1 dekabrdan Toşkent şahri va Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanida tajriba-sinov sifatida ayrim ijtimoiy tölovlarni ijtimoiy kartalar orqali tölaşni yölga qöyiş rejalaştirilgan.
Jumladan, uşbu hududlarda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, yoşga doir nafaqa, nogironlik nafaqasi, yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslar uçun har oylik moddiy yordam, nogironligi bölgan 18 yoşgaça bolalarga nogironlik nafaqalari, nogironligi bölgan bolalarni parvarişlayotgan onalar uçun nafaqa, protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya qilişning texnik vositalari xaridi uçun vauçer, boquvçisini yöqotganlik nafaqasi 2024 yil 1 dekabrdan ijtimoiy kartalar orqali tölanadi.
Kambağal oilalar reyestri şakllantiriladi
2024 yil 1 dekabrdan “mahalla yettiligi” tomonidan kambağal oilalarning ijtimoiy şaroiti va kambağallikka tuşiş sabablarini örganiş natijasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambağal oilalar reyestri şakllantiriladi. Bu haqda “Kambağallikni qisqartiriş va aholi turmuş farovonligini oşiriş borasidagi çora-tadbirlarni yangi bosqiçga olib çiqiş töğrisida”gi prezident farmonida keltirib ötilgan.
Hujjatda keyingi yil boşidan kam ta’minlangan oilalar bolalari uçun nafaqa va moddiy yordam olayotgan oilalarning rasmiy band bölmagan a’zolari işga joylaşganda, özini özi band qilganda yoki tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyganda uşbu nafaqa va moddiy yordamni ularning muddati tugagunga qadar, biroq 6 oydan köp bölmagan muddatga tölaş davom ettirilişi, mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam bölmagan oylik iş haqi tölangan holda işga joylaşgan Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan oila a’zosi uçun ijtimoiy soliq uç yil davomida 1 foiz stavkada tölanişi kabi imtiyozlar ham nazarda tutilgan.
Boşqa özgarişlar
2024 yil 1 dekabrdan boşlab:
migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş hamda transportni röyxatga oliş böyiça davlat xizmatlari xizmat körsatuvçi xodim tomonidan murojaat etuvçining yaşaş joyiga borib, planşet yoki kompyuterga örnatilgan texnik qurilmalar yordamida qöşimça tölov asosida körsatiladi;
transport vositalarida (yönalişlardagi avtobuslar bundan mustasno) reklamani joylaştiriş uçun yiğim transport vositalarida taşqi reklamani örnatiş uçun reklama joyining pasportini berişda tölanadi. Bunda 2024 yil 1 dekabrga qadar berilgan transport vositalarida taşqi reklamani örnatiş uçun reklama joyining pasportlari uçun yiğim 2025 yil 1 yanvarga qadar töliq tölanişi lozim.
yolğiz yaşayotgan hamda yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslarga Toşkent şahrida eksperiment tariqasida tegişli yönalişdagi nodavlat taşkilotlar orqali Ijtimoiy himoya milliy agentligi mablağlari hisobidan ijtimoiy xizmatlar körsatiş amaliyoti yölga qöyiladi;
bir kalendar yil davomida ikki va undan ortiq marta tazyiq va zöravonlik holati böyiça murojaat qilinganda içki işlar organlari tomonidan himoya orderi taşabbus tartibida beriladi;
avtomototransport vositalarini davlat röyxatidan ötkaziş va ularga röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgilarini beriş bilan boğliq murojaatlarni Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi, rasmiy veb-sayti, «Call» markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboriş va tölovlarni onlayn amalga oşiriş joriy etiladi;
umumiy ovqatlaniş korxonalari jismoniy şaxslardan naqd pulga xarid qilgan qişloq xöjaligi mahsulotlari töğrisidagi ma’lumotlar elektron şaklda soliq organlari ma’lumotlar bazasida aks ettirilişi soliq soliş maqsadlarida kirim hujjatlariga tenglaştiriladi;
fermer va dehqon xöjaliklarining nufuzini oşiriş, qayta işlovçi va eksport qiluvçi korxonalarga kömaklaşişga qaratilgan «meva-sabzavot mahsulotlari yetiştiruvçilarni baholaş» tizimi joriy etiladi hamda har yili Agrosanoatni rivojlantiriş agentligi rasmiy veb-saytida meva-sabzavot mahsulotlari yetiştiruvçilar reytingi e’lon qilib boriladi.