Prezident Şavkat Mirziyoyev 28 noyabr kuni ijtimoiy muhitni mustahkamlaş hamda diniy ma’rifatni rivojlantiriş borasidagi işlar haqida yiğiliş ötkazdi.

Qayd qilinişiça, Özbekiston – huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat. Konstitutsiyada hamma uçun vijdon erkinligi kafolatlangan. Özbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglik muhiti hukm surmoqda. Barça din vakillari ibodat amallarini erkin ado etmoqda. Oxirgi beş yilda diniy-ma’rifiy sohaga oid 3 ta qonun, 4 ta Prezident farmoni va köplab qarorlar qabul qilindi. Yiğilişda ularning ijrosi din vakillariga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Xususan, musulmonlar uçun şaroitlarni yaxşilaş maqsadida 100 dan ortiq masjid barpo etildi, 555 tasi ta’mirlandi. Diniy taşkilotlar uçun bino qurilişiga yer ajratiş tartibi joriy qilindi.

Haj kvotasi avvalgiga qaraganda 2 karra oşirildi. Sönggi yetti yilda 60 mingdan ziyod özbekistonlik Haj amallarini bajardi. Umra safarlarini taşkil qiliş qonuniy tartibga solindi.

Sohada malaka va ilm masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezident taşabbusi bilan taşkil etilgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy xalqaro markazlari, Özbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy-tadqiqotlarga zamin bölmoqda. Toşkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, Imom Termiziy örta maxsus ta’lim muassasasida malakali mutaxassislar tayyorlanyapti. Şuningdek, 30 ming fuqaro «Qur’oni karim va tajvid» kurslarini tamomladi.

Sönggi yillarda Abu Iso Termiziy, Abu Muin Nasafiy, Sulton Uvays Qaraniy, Suzuk ota yodgorlik majmualari obod qilindi. Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi va Islom sivilizatsiyasi markazida bunyodkorlik davom etmoqda. «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan ham 90 ta ziyoratgoh ta’mirlanib, obodonlaştirildi.

Islom ma’rifatini keng yoyiş va tajriba almaşiş maqsadida xalqaro aloqalar ham kengaytirilmoqda. Jumladan, bu yil yurtimizda «Islom – ezgulik va tinçlik dini» hamda «Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan örni» mavzularida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, Bağrikenglik haftaligi ötkazildi.

Ma’lumki, bugun kibermakonda xavf-xatarlar kuçayib bormoqda. Çegaralar va qonunlarni tan olmaydigan internet tarmoqlari orqali radikal ğoyalar ham kirib kelmoqda. Buning oqibatida aholining nisbatan zaif qatlamlari, jumladan, yoşlar turli noqonuniy guruhlar ta’siriga tuşib qolayotgani afsuslanarli. Butun jamoatçilik bundan ogoh bölişi, ulamolar va keksalar töğri yölni körsatişi kerak.