Britaniya armiyasining sobiq askari Eron foydasiga josuslik qilganlikda aybdor deb topildi
Eron razvedkasidan bo‘lgan shaxs armiya safiga endi kelib qo‘shilgan askar bilan bog‘langan. O‘z navbatida u «MI-6» bilan aloqa o‘rnatib, ikki tomonlama agent bo‘lishni xohlayotganini bildirgan.

Foto: BBC
Britaniya armiyasining sobiq askari Deniel Xalife Eron foydasiga josuslik qilganlikda aybdor deb topildi. U maxsus bo‘linmalar askarlariga oid ma’lumotlarni to‘plab, Tehronga berib kelgan, deb xabar beradi BBC.
Qayd etilishicha, 23 yoshli yigit 2023 yilning sentabrida Londondagi Uondsvort qamoqxonasidan qochib ketganini tan olgan — u oziq-ovqat yetkazib berish bilan shug‘ullangan yuk mashinasi ostiga yashirinib olgan.
«Davlat siri to‘g‘risidagi qonun hamda Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunlarni buzgan Xalife hukm o‘qilganda hech qanaqa hissiyotini ko‘rsatmadi», — deyiladi xabarda.
Prokurorlarning aytishicha, Eron razvedkasidan bo‘lgan shaxs 2018 yilda, armiya safiga endi kelib qo‘shilgan Xalife bilan bog‘langan. O‘z navbatida askar «MI-6» bilan aloqa o‘rnatib, ikki tomonlama agent bo‘lishni xohlayotganini bildirgan.
Xalife Facebook orqali Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusiga aloqador inson bilan bog‘langan. U eronliklar bilan munosabat o‘rnatib, bir safar London shimolidagi bog‘ga qoldirib ketilgan 2 ming dollarni ham olgan.
Qirollik prokuratura xizmati vakili Betan Devidning ma’lum qilishicha, Xalife askar sifatida «mamlakatning milliy xavfsizligini himoya qilishga majbur bo‘lgan. «Ammo u shaxsiy foydasi uchun o‘zining lavozimidan milliy xavfsizlikka putur yetkazishda foydalandi», — deydi Devid.
Xalife armiyadagi xizmati davomida 15 nafar askarga oid ma’lumotlarni to‘plagan. Prokurorlarga ko‘ra, u o‘zi tuzgan ro‘yxatni Eronga yuborgan bo‘lishi mumkin. Ammo Xalife hech nima jo‘natmaganini, Eronga asosan yolg‘on ma’lumotlar yuborib kelganini bildirgan.
Sud Xalife o‘zgalar qo‘liga tushgan taqdirda jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan maxfiy ma’lumotlarni to‘plaganlikda aybdor deb topdi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Pautina» operatsiyasi aniq tarix darsliklariga kiritiladi - Zelenskiy
Jahon | 00:20
-
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi
Jahon | 23:06 / 01.06.2025
-
Bangladesh sudi sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olish orderini berdi
Jahon | 22:27 / 01.06.2025
-
Tergovdagi qiynoqlar, arzonlashgan dollar va AQShdagi o‘zbek lobbisi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:10 / 01.06.2025
Mavzuga oid

12:50 / 31.05.2025
OAV: AQSh Eronga hujum qilish tahdidi tufayli Isroil bilan harbiy hamkorlikni muzlatdi

15:50 / 29.05.2025
Germaniyada uch nafar rossiyalik josusga ayblov e’lon qilindi

18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi

21:46 / 25.05.2025