Boş prokuratura Toşkent viloyati va poytaxt havosini ifloslantirayotgan sanoat korxonalarini tekşirmoqda. Mas’ul taşkilotlar ötkazgan tahlillarga köra, I va II toifaga kiruvçi, atrof-muhitga ta’siri yuqori bölgan sanoat korxonalarida 2024 yilda belgilangan zamonaviy çang-gaz tozalaş uskunalarini örnatiş paysalga solinmoqda. Xususan, Toşkent viloyatda 27 ta korxonadan 19 tasida, Toşkent şahrida esa 31 ta korxonadan faqat 8 tasida bu işlar amalga oşirilgan.
«Toşkent şahrida atmosfera havosi ifloslanişi darajasi ortib borayotgani va «salbiy» reytinglarda yetakçi örinlarga çiqayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan xabarlar barçada asosli taşviş va qayğu uyğotmoqda.
Poytaxt atmosfera havosi ifloslanişiga quruq iqlim, qumli va qumloq tuproqlar kabi tabiiy omillar bilan bir qatorda iqlim özgarişi, sanoat va avtotransport vositalaridan taşlamalar çiqariş hajmlari oşib borişi, e’lon qilingan moratoriy davrida ham qimmatbaho daraxtlar noqonuniy kesilişi, şaharsozlik boş rejalari tasdiqlanmasdan quriliş işlari jadal amalga oşirilişi bevosita ta’sir körsatmoqda», deyiladi Boş prokuratura matbuot xizmati xabarida.
Prokuratura organlari uşbu holatlarni inobatga olib, Özbekiston Respublikasining «Atmosfera havosini muhofaza qiliş töğrisida»gi qonuni, prezidentning tegişli farmonlari va topşiriqlari hamda sohaga oid boşqa qonun hujjatlari ijrosini atmosferaga çiqarilayotgan zararli taşlamalar miqdorini kamaytiriş va atmosfera havosi holatini yaxşilaşga asosiy e’tiborni qaratgan holda joriy yil sentabr oyidan boşlab respublika böyiça rejaviy tekşiriş tadbirlari ötkazilişini yölga qöydi.
Tahlillarda I va II toifaga kiruvçi, atrof-muhitga ta’siri yuqori bölgan sanoat korxonalarida 2024 yilda belgilangan zamonaviy çang-gaz tozalaş uskunalarini örnatiş işlari paysalga solinayotgani, şu jumladan Toşkent viloyatda 27 ta korxonadan 19 tasida, Toşkent şahrida esa 31 ta korxonadan 8 tasidagina bu işlar amalga oşirilgani ma’lum böldi.
Mavjud vaziyatdan kelib çiqib, Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi tekşirişlar Ekologiya, Soğliqni saqlaş, Transport, Içki işlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasi va boşqa mutasaddi taşkilotlar mutaxassislari jalb qilingan holda bevosita Boş prokuratura tomonidan joriy yilning 22 oktyabr kunidan amalga oşirila boşlangan.
Boş prokuratura tomonidan aniqlangan qonunbuzilişi holatlari alohida nazoratga olinişi hamda ular böyiça keskin va murosasiz çoralar körib borilişi qat’iy ta’minlanişi ta’kidlangan.

















