Bolgariya fuqarosi Orlin Rusev va Wirecard moliyaviy kompaniyasining sobiq savdo direktori, Rossiya maxsus xizmatlari uçun josuslikda gumon qilinayotgan Avstriya fuqarosi Yan Marsalek Bellingcat internet-naşrining jurnalisti Xristo Grozevning öğirlanişi va öldirilişini muhokama qilgan. Bu haqda Britaniyaning The Guardian gazetasi 28 noyabr, payşanba kuni keçqurun Londondagi Markaziy jinoiy sud majlisi çoğida bir guruh Bolgariya fuqarolariga qarşi qözğatilgan josuslik işi tafsilotlariga asoslanib yozdi.

«Sudga Marsalek va Rusev Xristo Grozevga oid variantlarni muhokama qilişgan xabarlar almaşgani aytilgan», deyiladi materialda. «Bu variantlar uni kuzatiş, öğirlaş va Moskvaga yetkaziş, öldiriş va Bellingcat'ga kirişni öz içiga olgan». Bolgariyalik jurnalist Xristo Grozev Bellingcat'ning Rossiya böyiça yetakçi suriştiruvçisi bölib, Korrupsiyaga qarşi kuraş jamğarmasi (FBK), şu jumladan rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniy bilan birgalikda suriştiruvlarda qatnaşgan.

Ayğoqçilik işida Orlin Rusevdan taşqari yana beş nafar Bolgariya fuqarosi ayblanmoqda: Bizer Jambazov, Katrin Ivanova, Vanya Gaberova, Tihomir Ivançev va Ivan Stoyanov. 2009 yildan beri Rusev Buyuk Britaniyada yaşagan va signallarni tutib oliş sohasida biznes bilan şuğullangan, Jambazov va Ivanova bolgarlarga yordam körsatişni taşkil qilişgan, Ivançev böyoqçi bölib işlagan, Stoyanov Buyuk Britaniyada aralaş yakkakuraşlar musobaqalarida qatnaşgan, deyiladi tergov materiallarida. Rusev va Jambazovdan boşqa hamma öz aybini inkor etdi.

Londondagi sudda ikki bolgar RF uçun josuslik qilganini tan oldi

Buyuk Britaniyada hibsga olingan Bolgariyaning ikki fuqarosi Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda aybini tan oldi. Bu haqda 28 noyabr kuni Londondagi Markaziy jinoiy sud majlisi çoğida ma’lum böldi. 46 yoşli Orlin Rusev va 43 yoşli Bizer Jambazov majlis boşlanişidan oldin buni tan olişgan, deb xabar beradi dpa agentligi. Xuddi şu iş böyiça yana uç gumonlanuvçi öz aybini tan olmadi, deya xabar beradi dpa.

Tergov aybiga iqror bölgan Rusev Moskvaga işlagan ayğoqçilar guruhini boşqargan, deb hisoblaydi. Taxminlarga köra, u rus razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qilgan va keyinçalik yaşiringan avstriyalik tadbirkor Yan Marsalekdan topşiriq olgan.

Tergov ma’lumotlariga köra, josuslik guruhi nafaqat Buyuk Britaniyada, balki Germaniya, Avstriya, Ispaniya va Çernogoriyada ham faoliyat yuritgan, deya qayd etadi dpa. Sud jarayonida prokuror Elison Morganning aytişiça, ayblanuvçilar odamlar yoki narsalar tasvirini olgan hamda 2020 va 2023 yillar oraliğida öz maqsadlari haqida batafsil hisobotlar yozgan. Buning evaziga ular «katta miqdordagi pul» olgan, dedi Morgan.