Bugungi kunda ta’lim global darajada rivojlanmoqda. Toşkent Kimyo xalqaro universiteti (TKXU) bu yönalişda faol harakat qilib, talabalari uçun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Universitet delegatsiyasining Ispaniya va Portugaliyaga yaqinda uyuştirgan taşrifi xalqaro maydonda öz pozitsiyasini mustahkamlagan muhim voqea böldi.
Bu safar davomida erişilgan asosiy yutuqlardan biri Real Madrid jamğarmasi bilan imzolangan kelişuvdir. Uşbu kelişuv natijasida TKXU qaramoğidagi VOSIQ maktablarida maşhur futbol klubining sport markazlari oçilişi kutilmoqda. U yerda öquvçilar nafaqat sport mahoratini oşiriş, balki liderlik qobiliyati, intizom va jamoaviy ruhni şakllantiriş imkoniyatiga ega böladi. Bu sifatlar faqat sportda emas, hayotda ham muvaffaqiyatga erişişda muhim örin tutadi.
Toşkent Kimyo xalqaro universiteti ta’sisçisi, professor Alişer Vahobov boşçiligidagi guruh Madrid şahrida joylaşgan San Pablo CEU universitetining Monteprinsep kampusida öquv jarayonlari bilan tanişdi. Uşbu kampusda muhandislik, quriliş, tibbiyot va farmatsevtika maktablari joylaşgan.
Doktor Paola Otero Gomez boşçiligidagi universitet jamoasi Toşkent Kimyo xalqaro universiteti vakillarini kampusdagi öquv laboratoriyalari, loyihalar, dars jarayonlari bilan taniştirdi.
Uçraşuvda ta’kidlanganidek, tomonlar tibbiyot, arxitektura, quriliş kabi ta’lim yönalişlarida talabalar almaşinuvini amalga oşiriş, qöşma dasturlar taşkil etiş hamda hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borişni rejalaştirmoqda.
Şu bilan birga, TKXU delegatsiyasi Kataloniya xalqaro universiteti (UOC) bilan hamkorlik şartnomasini imzolaşi kutilmoqda. Mazkur kelişuvlar talabalar uçun ikki tomonlama diplom dasturlarida iştirok etiş imkoniyatini yaratadi. Bakalavr bosqiçida «2+2» va «3+1» formatlaridagi, magistratura bosqiçida esa «1+1» formatidagi dasturlar taklif etiladi. Bu talabalar uçun Özbekistonda olgan ta’limini xalqaro tajriba bilan uyğunlaştirişga imkon beradi.
UOC universitetida pedagogika, muhandislik, biznes va arxitektura yönalişlari böyiça ikki tomonlama diplom dasturlari mavjud bölib, bu bitiruvçilarning xalqaro mehnat bozoridagi raqobatbardoşligini sezilarli darajada oşiradi.
Yevropa bilan hamkorlik şu bilan çeklanib qolmadi. Taşrifning muhim qismlaridan biri Edibon International kompaniyasiga uyuştirildi. Bu kompaniya zamonaviy laboratoriya uskunalarini işlab çiqariş böyiça toplardan biri sanaladi. Hamkorlik doirasida TKXU öz laboratoriyalarini jahon standartlariga mos uskunalar bilan jihozlaşni rejalaştirmoqda. Bu talabalarga zamonaviy texnologiyalar bilan işlaş imkoniyatini beradi va muhandislik hamda energetika sohalarida global mutaxassisga aylanişlari uçun mustahkam poydevor yaratadi.















