Bugun, 2 dekabr kuni taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Bahromjon A’loyev Birlaşgan Arab Amirliklarining Özbekistondagi elçisi Said Matar al-Qamziyni qabul qildi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.
Qayd etilişiça, uçraşuvda ikki mamlakat örtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantiriş masalalari muhokama qilingan.
Şu bilan birga, tomonlar sönggi kunlarda Özbekiston fuqarolarining Birlaşgan Arab Amirliklari hududiga kirişlarida kuzatilayotgan qiyinçiliklar bilan boğliq vaziyat böyiça fikr almaşgan.
«Mavjud holatni imkon qadar qisqa muddatlarda hal qiliş böyiça tegişli çora-tadbirlar körişga kelişib olindi», — deyiladi xabarda.
30 noyabr kuni Toşkent–Abu-Dabi yönalişi böyiça Wizz Air aviakompaniyasi reysida uçgan 31 nafar Özbekiston fuqarosi amirliklar hududiga kiritilmadi. Ular Abu Dabi şahridagi Şayx Zoid nomidagi xalqaro aeroportda çegaradan ötkazilmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda holat aks etgan video va suratlar tarqalgaç, Özbekistonning BAAdagi elçixonasi izoh berib, aeroport ma’muriyati va amirliklarning mutasaddi idoralari bilan muloqotda bölib, vaziyat nazoratga olinganini ma’lum qildi.
Keyinroq Abu-Dabi xalqaro aeroportida qolib ketgan vatandoşlarning bir qismi Özbekistonga qaytarilgani ma’lum böldi. Wizz Air aviakompaniyasi hozirda qolgan fuqarolarni ham qaytariş çoralarini körayotgani aytildi. Voqea BAAda uç özbekistonlik yahudiy rohibning ölimida gumonlanib qölga olinişi fonida röy berdi.












