Toşkent şahrida Aşxobod boği vaqtinça yopildi. Bu haqda boğ ma’muriyati xabar berdi.

Qayd etilişiça, boğ 14 dekabrgaça taşriflar uçun yopiq böladi. Bu vaqt oraliğida boğda Yangi yil bayramiga tayyorgarlik köriladi.

Poytaxtdagi Aşxobod boği 2018 yil aprel oyi oxirida oçilgan edi. Uşbu boğning umumiy maydoni 12 gektarni taşkil etadi. Bu yerda bitta 1180 metr kvadratni taşkil etuvçi usti yopiq inşoot içida 26 ta hamda 31 oçiq tipdagi öyin attraksionlari, nuroniylar maskani, muzqaymoq va salqin içimliklar şoxobçalari qurilgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 1 iyun kuni Aşxobod boğida 20 ming dona öyinçoq va muzqaymoq tekin tarqatilişi haqida e’lon berilgandi. Şundan söng 1 iyun kuni boğga juda köp odam kelgan. Oqibatda boğda tartibsizlik yuz bergan va odamlar örtasida özaro janjal yuzaga kelgan. Ayrim köçalarda avtomobillarning yirik tirbandligi kuzatilgan, ma’lum vaqt metro vagonlariga odam siğmay qolgan.

Keyinroq Aşxobod boğida fuqarolarga xavf tuğdirgan tadbirni ötkazgan boğ direktori, uning örinbosari va reklama bölimi boşliği 15 sutkaga qamalgan edi.