Ifloslangan shahar havosi saraton keltirib chiqarishi aniqlandi
Yirik shaharlarda atmosferaga ajraladigan sanoat yoki transport chiqindilari tarkibidagi moddalar onkologik kasalliklar, ayniqsa o‘pka saratoni ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

Foto: Étienne Laurent/EPA
AQShdagi olimlarning xulosasida ta’kidlanishicha, havo ifloslanishi shaharda yashovchi aholi orasida o‘pka saratoni, astma va nafas yo‘llari infeksiyalari bilan kasallanish ko‘rsatkichlarini oshiradi, shuningdek, insult xavfini ham kuchaytiradi. Avvalgi tadqiqotlar kasallikning ijtimoiy omillariga e’tibor qaratgan bo‘lsa, endi olimlar yirik shaharlar aholisini saraton xavfiga eng ko‘p duch keladigan guruh deb ta’riflamoqda.
Tadqiqotning asosiy maqsadi onkologik kasalliklarning ekologik va ijtimoiy omillarga bog‘liqligini aniqlash, deb tushuntirdi loyihaga rahbarlik qilgan epidemiolog Patrik Hurbeyn.
Ish davomida olimlar AQSh Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi ning 2011-2019 yillar oralig‘idagi ma’lumotlarini tahlil qildi. Natijada, saraton kasalligiga eng moyil aholi guruhlari sifatida yirik shaharlar aholisi, kam ta’minlangan ijtimoiy qatlamlar va irqiy ozchilik vakillari qayd etildi.
Olimlarning aniqlashicha, shaharda yashovchi afro-amerikalik va lotin amerikalik aholi vakillari saraton xavfiga ko‘proq moyil. Ular ko‘pincha ekologik jihatdan eng noqulay hududlarda yashaydi.
Eslatib o‘tamiz, dunyoda har 10 kishidan to‘qqiz nafari iflos havodan nafas oladi. Ifloslantiruvchi moddalar o‘z tarkibi, salomatlikka ta’siri va kelib chiqish manbalari bo‘yicha nihoyatda xilma-xil. Avvalroq IQAir eng keng tarqalgan va xavfli 10 ta ifloslantiruvchi modda va ulardan qanday himoyalanish haqida ma’lumot bergandi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Bu yigit bolta olib chopyapti» – Bayden prezidentlikdan ketgach ilk marta ommaviy chiqish qildi
Jahon | 16:36
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi
Jahon | 16:25
-
Istanbulda Turkiya fuqarosini ruxsatsiz rasmga olgan o‘zbekistonlik deport qilinadi
Jahon | 16:20
-
Hindistonda o‘zbek tili mutaxassisligi bakalavriat dasturiga kiritilishi mumkin
O‘zbekiston | 16:11
Mavzuga oid

18:19 / 01.04.2025
O‘zbekiston ayollar salomatligi global indeksida uch pog‘ona yuqoriladi

16:55 / 25.03.2025
Ko‘zga ohak yoki yot jism kirganda nima qilish kerak? Mutaxassis javob berdi

00:22 / 25.03.2025
Fransiyalik ayol sun’iy intellekt yordamida o‘zining saratonga chalinganini aniqladi

12:27 / 22.03.2025