Unda sönggi 6-7 yil içida Özbekistonda "yaşil" iqtisodiyotni, xususan, "yaşil" energetikani rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etilgan. Bu yönalişda qayta tiklanadigan energiya manbalari negizida elektr energiyasi işlab çiqariş hajmini oşiriş böyiça qat’iy qadamlar qöyildi.

Naşrda sönggi 5-6 yil içida umumiy quvvati 20 630 megavatt bölgan quyoş va şamol elektr stansiyalarini quriş böyiça xalqaro kompaniyalar bilan 38 ta şartnoma imzolangani bildirilgan.

Xitoy OAV, şuningdek, ayni paytda umumiy quvvati 1700 megavatt bölgan 7 ta quyoş fotoelektr stansiyasi va umumiy quvvati 900 megavatt bölgan 3 ta şamol elektr stansiyasini quriş böyiça loyihalar amalga oşirilayotgani haqida yozgan.

"Uşbu investitsiya loyihalari Saudiya Arabistoni (ACWA Power), Birlaşgan Arab Amirliklari (Masdar, Tepelen Group AG va Solar Power Shine), Fransiya (Total Eren, Voltalia va Xitoy (Gezhouba Overseas Investment Group, China Datang Overseas Investment va Universal Energy) kompaniyalari tomonidan amalga oşirilmoqda", – deyilgan materialda.

Diplomat jurnalida bosilgan maqolada yozilişiça, uşbu tizimli çora-tadbirlar natijasida Özbekistonda 2026 yilga borib umumiy quvvati 5 ming megavatt, 2030 yilgaça esa 18 ming megavattdan ortiq bölgan quyoş va şamol elektr stansiyalari foydalanişga topşiriladi.