Tokio demografik inqirozga qarşi kuraşning yangi yöli — tört kunlik iş haftasini sinab köradi. Hukumatning bunday qarori Yaponiyada tuğiliş bilan boğliq vaziyat kamayib ketgani fonida qilinmoqda.
Qayd etilişiça, mamlakatning eng yirik iş beruvçi şaharlaridan biri bölgan Tokioda xodimlarga haftasiga tört kun işlaşga ruxsat berilgan. Mazkur yangilik ayollarga bölgan bosimni kamaytiriş va mamlakatda tuğilişni oşirişga yönaltirilgan.
Islohotlar doirasida xodimlar nafaqat haftasiga tört kun işlaşi, balki bolalar parvarişi uçun qisman ta’til ham olişi mumkin. Bunday taşabbus iş kunini ikki soatga qisqartiriş imkonini beradi va bu ota-onalar uçun juda muhim.
«Ayollar farzand köriş yoki bola tarbiyalaş kabi hayotiy vaziyatlar tufayli öz karerasini qurbon qilmasliklari uçun iş şaklini moslaştirişni davom ettiramiz», — deydi Tokio gubernatori Yuriko Koike.
Ma’lumotlarga köra, Yaponiyada tuğiliş ketma-ket sakkiz yildan beri kamaymoqda. 2024 yilning birinçi yarim yilligida mamlakatda tuğiliş rekord darajada tuşib ketgan — 350 ming çaqaloq tuğilgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 5,7 foizga kam demak.
Ta’kidlanişiça, Yaponiya hukumati önlab yillardan beri tuğilişni oşiriş böyiça çora-tadbirlar körib kelmoqda: bolalar boğçalari uçun subsidiyalar, bola parvarişi va hatto tanişuvlar uçun möljallangan ta’tillar. Ammo ularning samarasi minimal bölib qolmoqda, çunki ayollarga işda qöyilayotgan yuklama va mehnat madaniyati özgarişsiz qolib kelyapti.
Tadqiqotlarga köra, iş haftasining qisqarişi uydagi majburiyatlarning teng taqsimlanişi va hayot tarzini yaxşilaşga xizmat qiladi. Oltita davlatdagi tajriba erkaklar farzandlari bilan köproq vaqt ötkazişi va uy işlarida iştirok etişini körsatgan.

















