8 dekabrga o‘tar kechasi Suriyada Bashar Asad rejimi quladi. Muxolifat bayram qilayotgan bir paytda Asad oilasi bilan Moskvaga qochdi va boshpana oldi. Berlinning Rossiya va Yevrosiyoni o‘rganuvchi Karnegi markazining katta ilmiy xodimi Aleksandr Baunov Putin shu qadar Ukrainaga o‘ralashib qolgani va Suriya yo‘qotilishini bamaylixotir qabul qilayotganini tushuntirib berdi.

Asad rejimi qulashi – boshlanganiga 10 yildan ortiq vaqt o‘tgan «arab bahori»ni yakunlab berdi. Agar Asad Ibn Ali (Tunis), Husniy Muborak (Misr) va Muammar Qazzofiy (Liviya) bilan birga yutqazganida bu uning o‘z rejimi ojizligini ko‘rsatgan bo‘lardi. Lekin u Rossiya Eron bilan birga g‘arb hukumatlarining xohishiga qarshi o‘laroq, unga hokimiyatini saqlashga yordam berganidan so‘ng ma’lum vaqt o‘tib baribir quladi. Bunday kechikkan tanazzul Rossiya va Eronning zaifligi sifatida qabul qilinmasligi mumkin emas.

Putinda ham endi o‘z «Afg‘onistoni» bor, ammo uni qo‘rqitadigan ko‘rinishda emas. 2015 yilda u o‘z qo‘shinlarini Suriyaga yuborayotganda, unga butun sunniy olami bilan dushmanchilik va sovet ittifoqining Afg‘onistondagi tajribasini takrorlash xavfi aytilgan edi — SSSR Afg‘onistonda o‘ralashib qolgan, odamlarini yo‘qotgan va oxir-oqibat o‘zi ham zaiflashgan edi. Ammo Suriya Rossiya uchun ko‘proq Amerika Afg‘onistoniga o‘xshash bo‘lib chiqdi. Avval tezkor harbiy zafarga erishildi, qo‘llab-quvvatlanayotgan rejim mustahkamlandi, keyinroq uning armiyasi tezda parchalanib ketdi. Rossiya Asad uchun yillar davomida egallab va saqlab kelgan narsalarni u bir sanoqli kunlar ichida yo‘qotdi.

Baydenning Afg‘onistoni bilan bog‘liq o‘xshashliklar — garchi AQShning u yerdan chiqishi avvaldan e’lon qilingan bo‘lsa-da — Kreml uchun juda yoqimsiz bo‘lishi kerak. So‘nggi yillarda Kobuldan kelayotgan tasvirlar Amerika uchun noxush qiyoslashlar, hatto qo‘pol hazillarga sabab bo‘layotgan, undan-da yomoni, Ukrainaga qarshi harakatlarga o‘tish uchun imkoniyat yaratgan edi. AQShning Afg‘onistondagi oshkora muvaffaqiyatsizligi Rossiya rahbariyatida amerikaliklar zaif va irodasiz, degan fikrni paydo qildi, ular jang qilish o‘rniga Kiyevdan o‘z ittifoqchilarini evakuatsiya qilishni afzal biladi, degan xulosaga kelishga sabab bo‘ldi. Endi Kreml tushunib yetmoqdaki, yangi Amerika ma’muriyati ruslarning «qo‘rqitish strategiyasi barbod bo‘lgani»ni kuzatmoqda va xulosa chiqarmoqda. Xuddi shu tarzda, ularning ortidan bu jarayonni ko‘p qutblilikning rossiyacha versiyasiga qo‘shilgan hukumatlar hamda global miqyosdagi ko‘pchilik ham kuzatmoqda.

Basharga ishongan Rossiya