Özbekiston içki bozorda 300 ming tonnagaça misni qayta işlaşni rejalaştirmoqda, şu maqsadda uşbu metalldan mahsulot işlab çiqaruvçi klasterlar, texnoparklar va qöşma korxonalar taşkil etilmoqda. Bu haqda «Özbekiston va Markaziy Osiyo toğ-kon sanoati» xalqaro kongressida toğ-kon sanoati va geologiya vaziri örinbosari Ural Yusupov ma’lum qildi.
Vazir örinbosari ana şunday loyihalardan biri Toşkent viloyatidagi Ohangaron mis klasteri ekanini aytdi. Uning negizida yarimötkazgiçlar, mikroelektron qismlar va yuqori qöşimça qiymatga ega boşqa mahsulotlarni bosqiçma-bosqiç işlab çiqariş közda tutilmoqda. Uşbu loyiha uçun xomaşyo Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidan (OKMK) yetkazib beriladigan mis hisoblanadi.
Iyunda OKMK 2031 yilga kelib mis işlab çiqarişni sönggi yillardagi qariyb 150 ming tonnaga nisbatan 500 ming tonnagaça oşiriş niyatida ekanini e’lon qilgandi. Uşbu davrda korxonani rivojlantirişga yönaltirilgan investitsiyalar 15 milliard dollarni taşkil etadi.
Birinçi bosqiçda (2021−2025) «Yoşlik-1» konini özlaştiriş natijasida katodli mis işlab çiqariş 300 ming tonnaga köpayişi kutilmoqda, ikkinçi bosqiçda (2024−2028) — 400 ming tonnagaça, uçinçi bosqiçda (2026−2030) — 500 ming tonnagaça.
















