Markaziy bank boşqaruvi 2024 yil 12 dekabr yiğilişida asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida özgarişsiz qoldiriş töğrisida qaror qabul qildi.
“Sönggi oylarda iqtisodiyotda yuqori talab va narxlarga oşiruvçi bosimlarning saqlanib qolayotganligi fonida inflatsiya darajasining prognozga nisbatan sekinroq pasayişi va inflyatsion kutilmalarning yuqori şakllanayotganligi kuzatilmoqda. Joriy yil yakunida umumiy inflatsiya prognoz koridorining yuqori çegaralarida bölişi kutilmoqda. Inflyatsion jarayonlarni va kutilmalarni hamda örta muddatli istiqbolda inflatsiya darajasini 5 foizlik targetigaça pasaytirişga zamin yaratiş maqsadida pul-kredit şaroitlarining qat’iyligi joriy darajada saqlab qolindi”, deyiladi MB xabarida.
Sönggi ikki oyda yillik inflatsiya darajasi biroz pasayib, noyabr oyi yakunida 10 foizni taşkil etdi. Inflatsiyaning pasayişi, asosan, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorlaşuvi hisobiga yuzaga kelgan. Iqtisodiyotda şakllanayotgan yuqori iste’mol va investitsion faollik yalpi talabni qöllab-quvvatlaşi hisobiga xizmatlar va nooziq-ovqat tovarlari narxlarida ösiş xatarlari saqlanib qolmoqda.
Aholining birlamçi ehtiyojlari doirasidagi ayrim xarajatlarning özgarişi va ob-havo sovuşi bilan energiya narxlari erkinlaştirilişining ikkilamçi ta’sirlari yuzaga çiqişi iqtisodiyot sub’yektlarining inflyatsion kutilmalarida ham namoyon bölmoqda. Noyabr oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari mos ravişda 13,7 va 12,7 foizgaça tezlaşgan.
Sönggi tört oy davomida bazaviy inflatsiyaning 7 foiz atrofida sezilarli özgarişsiz şakllanayotgani, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar bazaviy inflatsiyasining nisbatan yuqori darajalari hamda çakana savdo va xizmatlar sohasida tuşumlar hajmlarining oşib borayotgani iqtisodiyotda talab omillari ta’sirining saqlanib qolayotganligini körsatmoqda.
Şuningdek, yalpi talabning barqaror ösiş sur’atlari va mehnat bozoridagi faollik mavjud inflyatsion bosimlarning uzoqroq muddat saqlanib qolişiga işora bermoqda. Iqtisodiyotda iş haqi va transçegaraviy pul ötkazmalari hajmining oşib borayotgani aholi daromadlarini real hisobda oşirib, yuqori investitsion faollik şaroitida kelgusi oylarda ham yalpi talabni qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi.
Natijada, yalpi içki mahsulotning ösişi 2024 yilning ikkinçi yarmida ham barqaror tendensiyalarni namoyon etib, yil yakunida 6-6,5 foiz atrofida şakllanişi kutilmoqda.
Pul bozoridagi foiz stavkalari va davlat qimmatli qoğozlari daromadliligi darajalari pul-kredit şaroitlari nisbatan qat’iy darajada şakllanayotganini körsatmoqda. Bank tizimidagi yuqori real foiz stavkalari aholining jamğarişga bölgan moyilligini oşirmoqda. Kreditlaş sur’atlarining maqbul darajada ösişi va depozitlar ösişining yuqori sur’atlari umumiy talabni muvozanatlaştirib, inflatsiyaga monetar omillar ta’sirini kamaytirişi kutilmoqda.

















