Dortmunddagi va Turindagi öyinlarni umumlaştiradigan jihatlar yetarliça edi. Birinçidan, bu öyinlar turning eng yorqin afişalari edi. Ikkinçidan, ikki uçraşuvda ham birinçi bölim yakunlariga köra tablodagi nollar saqlanib qoldi. Nihoyat, ikki uçraşuvda ham öta qulay imkoniyatlardan foydalanilmadi. Turindagi birinçi bölim oxirlarida mehmonlar öta qulay vaziyatga ega bölişdi, De Bryuynening pasidan keyin Holand yakkama-yakka vaziyatga çiqib bordi va töpni darvozabon ustidan taşlab qöyişga urindi, ammo Di Gregorio qölini kötarib, oqşomning eng yaxşi seyvini ijro etişga ulgurdi.
Dortmundda esa «Borussiya» va «Barselona» navbati bilan xavfli vaziyatlarni kökka sovurişdi. Avvaliga Rafinyaning oyoğiga töp yaxşi tuşmagani tufayli vaziyat yöqqa çiqdi, unga bu safar ham Yamal qanotdan şvedka usulida pas bergandi. Dortmundliklar safida esa Zabitser bir neça metr masofadan gol urolmadi. Ikkinçi bölim boşlanganida Girassi baribir töpni darvozaga kiritganida esa «asalarilar»ning hujumdagi uç futbolçisi ham Hansi Flikning ofsayd qopqoniga tuşib qolişgandi.
Mavzuga oid
53-daqiqada esa şunga öxşaş vaziyatda «Barselona» hisobni oçdi. Mehmonlar pressingni yengib ötişdi, Olmo özini qöriqlayotgan raqibdan qoçib ketib, Rafinyani yakkama-yakka vaziyatga çiqarib yubordi. Bensebayni orqaroqda qolib ketgani tufayli ofsayd röy bermadi. Braziliyalik vinger yerlatib yöllagan zarbasi bilan uzoq burçakni aniq nişonga oldi – darvozabon Kobel joyidan qimirlay olmadi.
Xuddi şu daqiqada Turinda Ederson mezbonlar himoyaçisi Gattining «qayçi» uslubidagi zarbasini qaytardi, ammo mehmon himoyaçilar sustkaşligi tufayli hujum ikkinçi tempda davom ettirildi va Vlahoviç boş bilan yöllagan zarbadan keyin darvozabon töpni qölidan çiqarib yubordi va töp darvoza çiziğini kesib ötdi.
Ikki öyindagi voqealar şundan keyingina farqli tus oldi. «Barselona» Kubarsining ança qöpol foli tufayli muvaffaqiyatini rivojlantira olmadi. U tuşunarsiz holda jarima maydoni içida Girassini turtib yiqitib, unga penalti va javob golini sovğa qildi. Bu vaqtda Di Gregorio «Yuve»ni qutqarişda davom etardi, u Gundöğanning «töqqizlik»ka borayotgan kuçli zarbasini bartaraf etdi. Bunga javoban amalga oşirilgan hujumda turinliklar ikkinçi golni urişdi, bu epizodda amerikaliklar boğlami ajoyib harakat qildi. Vea tezkor hujumda töpni yumşoq oşirib berdi, Makkenni havodagi töpga akrobatik uslubda zarba yölladi - 2:0.
Di Gregorio «Keksa siniora»ga ğalaba uçun imkon qoldirdi va jamoa bundan foydalandi. Dortmundda esa darvozabonlar ideal emasdi. Kobel öziga kelgan zarbani «Barsa»ni hisobda oldinga olib çiqqan Ferran Torresga taşlab berdi.
Penya esa himoyaçilar sun’iy ofsayd yuzaga keltirişda yöl qöygan xatosini tuzatişga urinib, jarima maydoni taşqarisiga çiqib keldi, ammo töpga ulgurmadi, natijada Girassi böş darvozani işğol etib, ikkinçi bor hisobni tenglaştirdi.
Bu golga hammualliflik qilgan Gross esa bir neça daqiqa ötib orqaga pas berişda xato qildi va mehmonlar tezkor qarşi hujum uyuştirişdi. Hujum yakunida Yamal ajoyib pas bilan Torres ğalaba golini urib, dubl rasmiylaştirişiga yordam berdi.
«Barsa» qatorasiga beş uçraşuvda ğalaba qozonib, pley-off masalasini hal qildi. Bu mavsumda ilk bor yutqazgan «Borussiya»da ham vaziyat yomon emas (12 oçko). Bundan bitta kamroq oçko jamğargan «Yuventus»da ham. «Siti»ning holati esa xavotirli. Sakkiz oçko jamğargan «şaharliklar» (bu Xosep Gvardiola faoliyatida turnir guruh bosqiçidagi olti turda qayd etgan eng yomon körsatkiç) yanvarda «PSJ» bilan öynaşiga töğri keladi. Kataloniyalik mutaxassis murabbiylik faoliyatida sönggi ön uçraşuvdagi eng yomon seriyasini qayd etmoqda (+1=2-7).
«Arsenal» va «Monako» Çempionlar ligasining oltinçi turiga 10 tadan oçko jamğarib, turnir jadvalida yonma-yon holatda yetib kelgandi. Ammo maydonda jamoalar boşqa-boşqa darajada ekani yaqqol körinib qoldi.
«Kanonirlar» tezda taşabbusni qölga oldi va vaziyat ketidan vaziyat yaratişga kirişdi. 25-daqiqada Gabriel Jyezus Yakub Kivyorning ortdan uzatmasidan keyin yakkama-yakka vaziyatga çiqib bordi. Ammo bu mavsumda öyin amaliyotiga ega bölmayotgan braziliyalik raqib darvozaboni Mayetski bilan duelni boy berdi. Uç daqiqa ötib Gabi yana bir qulay imkoniyatni kökka sovurdi — yana jarima maydoniga yorib kirib zarba berdi va bu safar ham darvozabonni alday olmadi.
Monegaskliklar umuman töpni raqib tomonda uşlay olmadi va qarşi hujumlar ham uyuştirmadi. 34-daqiqada esa «Arsenal» baribir hisobni oçdi — Bukayo Saka Jyezusning qanotdan uzatmasini yaqin masofadan darvozaga kiritib, karerasidagi eng oddiy gollardan birini urdi. Bu hujumda 18 yoşli yarimhimoyaçi Maylz Lyuis-Skelli asosiy işni bajardi: Martin Edegorning noqulay uzatmasidan keyin töpni öziga böysundirib, Magnes Akliuşni aldab ötdi va töpni Jyezusga yetkazib berdi.
Keyin esa mehmonlar maydon markazida qöpol xatoga yöl qöyib, Edegor yakkama-yakka vaziyatga ega bölişiga qöyib berişdi, ammo norvegiyalikning zarbasidan keyin töp ustun yonidan ötib ketdi. Yana bir qulay vaziyatdan Martinelli foydalana olmadi. Umuman, «Arsenal» birinçi bölimdayoq yirik hisob qayd etişi mumkin edi, ammo bu iş ikkinçi bölimga qoldi.
Ikkinçi bölimda mehmonlar taşabbusni qölga oldi va qator vaziyatlarga ega böldi, ayniqsa Salibaning pasidan keyin töpni egallab olgan Minamino töpni Embologa yetkazib berganida hisob tenglaşişi ham mumkin edi. Mikel Arteta darhol öyinçi almaştirişlar orqali vaziyatni öngladi — Leandro Trossar va Kay Havers «kanonirlar» öyinini kuçaytirişdi.
78-daqiqada Havers Salisuning darvozabonga uzatgan pasini egallab oldi va Saka yana bir oddiy gol urişiga yordam berdi. Hisob 0:2 körinişiga kelgaç, «Monako» öyinni taşlab yubordi va bir neça daqiqa ötib Bukayo Kayga assistentlik qildi.
«Arsenal» bu ğalaba evaziga uçinçi öringa kötarildi — yanvarda Arteta şogirdlari «Dinamo» Zagreb va «Jirona» kabi autsayderlarga qarşi öynaydi. Londonliklar amalda katta sakkizlikdagi örnini saqlab qoladi. «Monako» esa 16-öringa tuşib ketdi, ammo hisobidagi 10 oçko top-24 da qolişi uçun yetarli bölişi mumkin. Monegaskliklarni oldinda «Aston Villa» va «Inter» bilan öyinlar kutmoqda.
Öyin kuni natijasini oldindan aytiş mumkin bölgan öyin bilan boşlandi, ilojsiz holatdagi autsayder «Atletiko»ga mehmonga kelgani. Madridliklar nafaqat pley-off yöllanmasini hal qildi, balki öz tarixida ikkinçi bor qatorasiga ön uçraşuvni ğalaba bilan yakunladi. «Slovan» 25 daqiqa çidab berdi — Alvares jarima maydoniga kiriboq olis «töqqizlik»ni aniq nişonga olguniça. Mehmonlar uçun yana bir yoqimsiz holat Barsegyan jarohat olişi böldi. Armanistonlik yarimhimoyaçi har bir öyinda faolligi bilan ajralib turgandi va Madriddagi öyinda ham xavfli zarba yöllab, tösinni poylaşga ulgurgandi. Birinçi bölim oxirida esa Grizmann darvozabondan balandroq sakrab, hisobdagi farqni oşirdi va öyin masalasini amalda hal qildi.
Ammo ikkinçi bölim boşida kutilmaganda Vladimir Vayss jamoasi intrigani qaytardi. «Slovan» VAR tufayli penalti tepiş huquqini qölga kiritdi. Lekin qatorasiga beş öyinda gol urib kelayotgan Grizmann tezda status-kvoni tikladi. Antuan YeÇLda 50 gol urgan törtinçi fransuzga aylanişi uçun yana uçta aniq zarba qoldi. Bir kun oldin Mbappe bu natijaga erişib, Anri bilan tenglaşib olgandi, birinçi örindagi Benzema esa kosmik farq bilan oldinga çiqib ketgan (90).
Madriddagi öyin unikal voqea bilan YeÇL tarixida qoldi. Turnir tarixida ilk bor ikki raqib zaxira örindiğida ham ota murabbiylar — katta Vayss va Diyego Simeone ötirişdi, maydonda esa ularning öğillari — kiçik Vladimir Vayss va Juliano Simeone harakat qildi. E’tiborli tomoni, slovakiyalik yarimhimoyaçi «Mançester Siti»dan uçralgan mağlubiyatdan (0:4) keyin faoliyatini tugatganini aytgandi. U 1 oktyabrdan buyon biror marta ham «Slovan»ning öyinlari zayavkasiga kiritilmadi, bu safar esa oxirgi daqiqalarda maydonga tuşirildi.
Turnirda qatorasiga uç ğalabaga erişgan «Milan» bu safar kadrlar böyiça muammoga duç keldi. Rossonerilar yanvargaça Pulişiç xizmatlaridan foydalana olmaydi, «Tsrvena Zvezda»ga qarşi öyinning birinçi bölimida esa Loftus-Çik va Morata jarohat olib maydonni tark etdi. Jamoa bölimni mağlub holda yakunlaşi ham mumkin edi, ammo Maksimoviçning zarbasidan keyin töp tösinga bordi. Keyin esa saviya öz sözini aytdi. Fofana uzoqdan Rafael Leauga ajoyib pas uzatdi. Portugaliyalik hujumçi havodagi töpni bir harakatda öziga böysundirdi, ikkinçi harakatda esa uni tösin ostidan darvoza töriga joyladi. Ikkinçi bölimda esa «Milan» ham Radoniçdan şu kabi çiroyli gol ötkazib yubordi va muxlislarini asabiylaşişga majbur qildi. Faqat sönggi daqiqalarda Abraham tösindan qaytgan töpni baribir darvozaga kiritib, ğalabani ta’minladi.
«Benfika» «Bolonya» mudofaasini yorib ötolmadi, Pavlidisning tezkor goli esa ofsayd tufayli bekor qilindi. Birinçi bölim oxirida Di Mariyaga çiroyli gol urişga imkon bermagan Skorupski lissabonliklarga öyin davomida muammo tuğdirdi. Polşalik posbonning yana bir çiroyli nomeri özining xatosini tuzatişi orqali namoyiş etildi. Skorupski töpni Pavlidisning oyoğiga taşlab bergandi, ammo darhol masofani yaqinlaştirib, zarbani tösişga erişdi. Keyinroq Di Mariyaning yana bir hujumini töxtatdi.
«Feyyenoord» pley-offga çiqiş uçun muhim ğalabaga erişib, oçkolari sonini 10 taga yetkazdi. Rotterdamliklar uçun barçasi yanvar oyida «Bavariya» va «Lill»ga qarşi keçadigan öyinlarda hal böladi, «Sparta» öyin debyutidayoq taslim etildi. Barçasi Traunerning burçak zarbasidan keyingi goli bilan boşlandi, niderlandlar birinçi bölimda uçta gol urişdi, asosiy yevrokubokda bunaqasi jamoa tarixida 1974 yildan buyon kuzatilmagandi. Bunday startdan keyin ustunlikni saqlab qoliş ortiqça qiyinçilik tuğdirmadi. «Feyyenoord» bu ğalabadan keyin pley-off zonasiga kötarilib, 24-örinda turgan «PSJ»ni 25-öringa tuşirib yubordi, parijliklar yanvarda «Mançester Siti» va «Ştutgart»ga qarşi hayot-mamot öyinlarida maydonga tuşadi.
Umumiy jadvalda «PSJ» ortidan joylaşgan «Ştutgart» ötgan mavsumdagi kabi kuçli öyin körsata olmayapti. Oldingi turda nemislar «Tsrvena Zvezda»ga şarmandali hisobda yutqazgandi (5:1), endi esa Sabastiyan Hyoness jamoasi autsayderdan debyutdayoq gol ötkazib yubordi. Darvozabon Nyubel yaqin burçakka yöllangan zarbaga taşlanişga ham ulgurmadi. Ammo bu safar jamoa vaziyatni önglay oldi. Bölim örtalarida Ştiller muvozanatni tikladi, ikkinçi bölimda mezbonlar bir neça daqiqa içidagi ikki gol bilan mehmonlarni sindirişdi. Şveytsariyaliklar şundan keyin soçilib ketdi, «Ştutgart» ğalabasining asosiy arxitektori esa uç marta şeriklariga assistentlik qilgan Rider böldi. 1:5 ortidan 5:1 hisobida ğalaba qozongan nemislar keyingi turda yana bir autsayder jamoa «Slovan»ga qarşi öynaydi va bu uçraşuvda ğalaba qozonib, pley-offga ötiş öyinlariga ilinişi mumkin.
Avstriya çempionlari ötgan turda nihoyat birinçi ğalabaga erişgandi. Lillda esa mehmonlar birinçi bölimdayoq ikki gol ötkazişdi. Bölim oxirida hisob qisqardi, ikkinçi bölim boşida tenglaştirildi. Ammo öyin oxirida Gratsdan kelgan jamoa baribir mudofaada xatoga yöl qöydi va maydonga endigina tuşgan Haraldsson töpni yaqin burçakka mixladi. 15 öyindan buyon yutqazmayotgan Bryuno Jyenezio şogirdlari bu ğalabadan keyin 13 oçko bilan eng yaxşi sakkizlikka kirib oldi, «Şturm»ning pley-offga çiqiş imkoniyati esa nolga yaqinlaşdi. Yanvarda, Avstriyada çempionatda tanaffus yuzaga kelganida, qora-oqlar «Atalanta» va «Leypsig» bilan öynaydi.
Kun statistikasi
Fransuz klublari tarixda 1-marta Çempionlar ligasida Angliyadan bölgan raqiblarga ketma-ket töqqizinçi öyinni boy berdi.
Kenan Yildiz «Yuventus» safida Pogba va Mirettilan keyin YeÇLda 20 yoşga qadar 6 öyin ötkazişga ulgurgan 3-futbolçi böldi.
17 yoşu 2 oylik — «Lill» yarimhimoyaçisi Buaddi fransuz klublari safida asosiy yevrokubokda 5 öyin ötkazgan eng yoş futbolçi.
Grizmann Diyego Simeone boşqaruvidagi «Atletiko»da YeÇLda 36 gol urdi. Argentinalik murabbiy va fransuz töpurar faqat ikki juftlikdan ortda: Xosep Gvardiola va Messi (43 gol) hamda Yurgen Klopp va Saloh (41).