Özbekiston Markaziy banki hozirgi kunda mamlakat hududida eski namunadagi 100 AQŞ dollari nominalidagi (2009 yilgaça emissiya qilingan) banknotlarni banklar tomonidan sotiş va sotib oliş bilan boğliq amaliyotlar heç qanday muammolarsiz amalga oşirilayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, birorta davlat hisob-kitoblarida eski namunadagi 100 AQŞ dollari nominalidagi banknotlarning qonuniy tölov vositasi sifatidagi maqomi özgarmagan.
Markaziy bank aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga işonmaslikka çaqirib, faqat rasmiy manbalarga tayanişni tavsiya etadi.
Şuningdek, agar tijorat banklarining valuta ayirboşlaş şoxobçalari tomonidan eski namunadagi 100 AQŞ dollari nominalidagi banknotlarni qabul qilişda qiyinçiliklarga duç kelinganda, Markaziy bankning “Işonç telefoni” (71 200-00-44) yoki hududiy boşqarmalarga murojaat etiş mumkinligi qöşimça qilindi.
Öz navbatda, Markaziy bank bu borada vaziyatni doimiy ravişda kuzatib borişini ma’lum qiladi. “Valutani tartibga soliş töğrisida”gi qonunga muvofiq, mamlakat hududida rezidentlar va norezidentlar tomonidan çet el valutasini sotib oliş va sotiş faqat mahalliy banklar orqali amalga oşiriladi.

















