2024 yil 6 dekabrda kuçga kirgan «Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida»gi qonun jamiyat va davlat uçun muhim ahamiyatga ega bölib, uning qabul qilinişi oçiqlik va şaffoflikni ta’minlaş, şuningdek, korrupsiya kabi salbiy holatlarni bartaraf etişda sezilarni örin egallaydi.

Manfaatlar töqnaşuvi deganda şaxsning lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajarişiga ta’sir körsatişi mumkin bölgan vaziyat tuşuniladi.

Mazkur qonun manfaatlar töqnaşuvini tartibga soliş, unga oid munosabatlarni aniqlaş, manfaatlar töqnaşuvi haqida axborotni oşkor qiliş va uni bartaraf etiş böyiça çora-tadbirlarni belgilaydi. Şuningdek, qonun davlat taşkilotlaridagi xodimlarning huquq va majburiyatlarini aniq tartibga soladi.

Bu avvalo har qanday sohadagi rivojlaniş illati bölmiş korrupsiya holatlarining oldini oladi, ya’ni şaxsning öz mansab yoki xizmat mavqeyini şaxsiy manfaatlari maqsadida qonunga xilof ravişda foydalanişi yölidagi xatti-harakatlarining bir qismini bartaraf etadi, davlat budjetining (xalq mablaği) noqonuniy özlaştirilişining oldini oladi, davlat taşkilotlarida mehnat munosabatlari va davlat xaridlarining oçiqligini va şaffofligini ta’minlaydi.

Avvalo qonun davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamğarmalariga, şuningdek, ustav fondida davlat uluşi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bölgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Şuningdek, mazkur Qonun öz ustav fondida (ustav kapitalida) davlat organlarining yoki boşqa taşkilotlarning uluşi jami 50 foiz miqdorda va undan ortiq bölgan yuridik şaxslarga nisbatan faqat ularning davlat xaridlari sohasidagi munosabatlariga ham tatbiq etiladi.

Davlat organi yoki boşqa taşkilot xodimlariga örnatiladigan çeklovlar

Qonun bilan manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş maqsadida davlat organlari va boşqa taşkilotlar xodimlariga nisbatan çeklovlar belgilandi.

Jumladan, qonunda xodimlar şaxsiy naf olişga, manfaatlar töqnaşuvi haqidagi axborotni oşkor etiş çoğida ma’lumotlarni yaşirişga, böysunuvçi yoki nazoratidagi taşkilotlarda örindoşlik böyiça işlaşga, tijorat taşkilotlarining ta’sisçisi bölişga, özi mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan davlat organi yoki boşqa taşkilotning nazoratida bölgan tadbirkorlik faoliyati sub’yektining aksiyalariga yoki ustav fondidagi uluşlariga egalik qilişga, uning boşqaruv organi a’zosi bölişga, özi mehnat