Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Panjobda O‘zbekiston mahsulotlari uchun saqlash ombori barpo etiladi
Mamlakat elchisi Alisher To‘xtayev Panjob viloyatiga tashrifi davomida O‘zbekiston faxriy konsuli Najib Vohra bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki tomon tadbirkorlari duch kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston va Panjob viloyati tadbirkorlari o‘rtasida savdo aloqalarini jadallashtirishning yangicha yechimlari borasida takliflar ham ko‘rib chiqildi.
Tomonlar o‘zaro savdoni 1 milliard dollarga yetkazish, investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish, ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy diplomatiyani jadal ilgari surish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini kelishib oldilar.
Yil yakuniga qadar O‘zbekiston mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha maqsadli rejalarni ortig‘i bilan bajarish muhimligi ta’kidlandi. Istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, to‘qimachilik va qog‘oz sanoatida yangi loyihalarni amalga oshirish uchun mezbon mamlakatning yirik sohaviy kompaniyalari delegatsiyalarining yurtimizga tashrifini uyushtirish rejasi tasdiqlandi. Shuningdek, O‘zbekistondan eksport qilinayotgan mahsulotlar uchun saqlash omborini barpo etish borasidagi kelishuv ham kelgusi yil reja-jadvalidan o‘rin oldi.
joriy yil boshidan buyon Najib Vohraning bevosita ishtirokida O‘zbekistondan Pokistonga qariyb 32 million dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.
Mavzuga oid
11:00 / 22.06.2026
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
14:44 / 09.10.2025
O‘zbekiston Kuvaytda omborlarni ijaraga olishni rejalashtirmoqda
15:32 / 07.07.2025
Rossiyada O‘zbekiston mahsulotlarining doimiy ombori tashkil etiladi
11:31 / 30.06.2025