Amerikaning Boeing Co. aviasozlik konserni 787 Dreamliner samolyotlari işlab çiqariladigan Janubiy Karolinadagi kompleksini kengaytirişga 1 milliard dollar sarmoya kiritadi.
Kompaniya press-relizida ta’kidlanişiça, operatsiyalarning kengayişi Boeing kompaniyasiga bu turdagi samolyotlarni işlab çiqariş maqsadlariga erişişga yordam beradi. 787 Dreamliner’ni işlab çiqariş dasturi 2026 yilga borib işlab çiqarişni oyiga 10 ta samolyotgaça oşirişni nazarda tutadi. Joriy yil oxiriga qadar Boeing oyiga beş dona 787 Dreamliner işlab çiqariş körsatkiçiga erişmoqçi.
Boeinğning Janubiy Karolinadagi korxonasi 2009 yildan beri faoliyat yuritadi va hozirgi kunda u yerda 7,8 mingdan ziyod xodim iş bilan ta’minlangan. Operatsiyalarning kengaytirilişi zavodda keyingi beş yilda qöşimça 500 ta iş örni yaratiş imkonini beradi.
Kompaniya turli muammolar sabab uzoq vaqtdan beri 787 Dreamliner samolyotlarini işlab çiqariş sonini oşira olmayotgandi. Uşbu seriyadagi laynerlarni yetkazib beriş deyarli ikki yilga töxtab qolgan — 2022 yil örtalariga qadar bunga işlab çiqarişdagi qoidabuzarliklar sabab bölgan bölsa, joriy yilda regulyatorlar aniqlangan boşqa muammolar sabab tekşiruvlarni kuçaytirgan.
Noyabr oxiridagi ma’lumotlarga köra, Boeing 787 seriyasidagi 758 ta samolyotni yetkazib beriş böyiça buyurtmalarni bajarmagan. 2024 yil boşidan beri konsern kapitalizatsiyasi 36 foizga tuşib ketgan.
Avvalroq AQŞ Harbiy-havo kuçlari Boeing kompaniyasi bilan 15 ta KC-46 Pegasus yonilği quyuvçi samolyotini işlab çiqariş böyiça 2,4 milliard dollarlik şartnoma imzolagani ma’lum bölgandi.

















