Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12 890 so‘mdan oshdi
O‘zbekistonda 1 AQSh dollarining so‘mga nisbatan Markaziy bank kursi ikki kunda 33 so‘mga qimmatlab, ilk marta 12 890 so‘mdan oshdi.
14 dekabr kuni belgilangan kurs – 12 892,97 so‘m – milliy valuta uchun dollarga nisbatan tarixiy minimum bo‘ldi.
Yil boshidan buyon so‘mning Amerika valutasiga nisbatan qadrsizlanishi 4,4 foizni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich 2022 yilda 3,9 foiz, 2023 yilda esa 9,7 foiz bo‘lgandi.
- Xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan Markaziy bank belgilaydigan kursi buxgalteriya, statistika va boshqa hisobot maqsadlari uchun, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun ishlatiladi.
14 dekabrda aksariyat banklarda 1 AQSh dollari 12 900 – 12 940 so‘mlik diapazonda sotildi. Sotib olish kursi esa deyarli barcha banklarda 12 820 – 12 830 so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilgi davlat budjeti parametrlarida dollar kursi o‘rtacha yillik 13 250 so‘mdan hisoblangan. O‘rtacha kurs 2026 yilda 13 725 so‘m, 2027 yilda 14 150 so‘m bo‘lishi prognoz qilingan.
Avvalroq Markaziy bank eski namunadagi 100 dollarlik kupyuralarni ayirboshlashda cheklovlar yo‘qligini ma’lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp: Putin AQShning yangi sanksiyalari tahdididan xavotirda
Jahon | 11:20
-
AQSh Suriya bilan bog‘liq terrorchilik tuzilmalari ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqadi
Jahon | 11:07
-
Atirau-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 11:06
-
Mers Tramp bilan Ukraina havo mudofaasini kuchaytirishni muhokama qildi
Jahon | 10:20
Mavzuga oid

23:00 / 28.06.2025
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti

22:56 / 20.06.2025
So‘m 5 kunda 2 foizga mustahkamlandi. Bunga nimalar ta’sir qilyapti?

16:29 / 19.06.2025
So‘m dollarga nisbatan 4 kunda qariyb 1,6 foizga mustahkamlandi

18:57 / 10.06.2025