Muloqot çoğida Özbekiston fuqarolarini uşbu korxonadagi böş iş örinlariga qonuniy tartibda işga jalb etiş masalasi muhokama qilindi.
Rossiya tomoni Özbekiston prezidentining 2024 yil 17 oktyabrdagi "Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiriş jarayonlarini tartibga soliş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi qarorida belgilangan vazifalar bilan taniştirildi.
Lyudmila Bezzubkinaning aytişiça, korxona tomonidan Primorsk ölkasida joylaşgan 10 dan ortiq turar-joy va biznes markazlari qurilib foydalanişga topşirilgan. Şuningdek, ayni paytda quriliş işlari davom etayotgan ikkita yirik turar joy majmualarida bir neçta mutaxassisliklar böyiça işçi kuçlariga ehtiyoj borligi ma’lum qilindi. "Biz Özbekiston fuqarolari bölgan malakali işçilarni qabul qilişga tayyormiz", dedi u.
Bölib ötgan uçraşuv yakunida, mehnat migratsiyasi sohasidagi aloqalarni yölga qöyiş, mamlakat fuqarolarini qonuniy tartibda işga yollaş maqsadida Özbekiston Migratsiya agentligi bilan hamkorlik örnatişga kelişib olindi.

















