Metan-şoxobçalar yana yopildi: vazirlik haydovçilarga “gaz bölmasa, benzin quyiş”ni maslahat berdi. Elektr energiyasi defitsiti tarixga aylangani aytilmoqda: respublika böylab yana 10 ta elektr stansiyasi işga tuşirildi. Markaziy bankda rahbar almaşdi: Mamarizo Nurmurodovning örnini Timur Işmetov egalladi. Ortda qolayotgan haftaning şu va boşqa muhim xabarlari – Kun.uz dayjestida.
“Gaz bölmasa, benzin quyişsin”
Qişning ikkinçi haftasidayoq, gaz ta’minoti tizimi odatiy qişning odatiy sovuğiga haligaça doş berolmasligi oydinlaşdi: 9 dekabrdan boşlab metan-şoxobçalar faoliyatiga çeklov kiritildi. Yuzaga kelgan vaziyatda özbekistonliklarni bir tomondan kilometrlab navbatlar va yölkira narxlarining keskin oşişi qiynayotgan bölsa, ikkinçi tomondan rasmiylarning izohlari dard ustiga çipqon bölyapti.
Energetika vazirligi dekabr oyi uçun mutlaqo odatiy havo haroratini “anomal”ga çiqarib, yana ob-havoni bahona qildi. Vazirning matbuot kotibi Hasan Toşxöjayev Kun.uz'ga bergan intervyusida “anomal” sözini işlatmagan bölsa ham, metan-şoxobçalar yopilişiga “öziga xos iqlim”ni sabab qilib keltirdi.
“Oldingi yillar bilan soliştiriladigan bölsa, dekabr oyida bunaqangi sovuq bölmas edi. Mana, bu yil bizga öziga xos iqlim kirib keldi. Dekabrning boşidan sovuq böldi”, – dedi u.
Energetika vazirligi seşanba kuni bayonot berib, birja savdolariga çiqarilayotgan kunlik benzin hajmi 2 barobarga oşirilişini ma’lum qildi. Toşxöjayevning aytişiça, benzin taklifini kerak bölsa 3 baravarga köpaytiriş imkoniyati ham bor. “Bu böyiça heç qanday muammo yöq, zaxira yetarli”, dedi u. Bu bayonotlarga qaramay, AI-80 benzini böyiça ötkir defitsit saqlanib qolyapti. Qimmat markali benzin turlari böyiça esa yetişmovçilik yöq. Ayni paytda, vazirlik oçiqçasiga “gaz yöq bölsa, borib benzin quyinglar” deyişni öziga ep körayotgani e’tiborli.
“Biz masalan hozir benzinni köproq miqdorda çiqarmasak, aholini sal qiynab qöyadigan bölsak, e’tirozlarni töğri tuşunardim, lekin hozirgi holatda ularda muqobil variant bor. Ular yana bir narsani öylaşi kerakki, uyida yoş bolasi bordir, bemori bordir, uyi sovuq bölgandan köra, metan-zapravkada ozgina navbat kutişi mumkin. Yoki navbat kutişni istamasa, borib benzin xarid qilib bemalol yurişi mumkin”, – deydi Hasan Toşxöjayev.
Energetika vazirligi rasmiysining bu gaplari tarmoqlarni junbuşga keltirib, ön minglab salbiy va öta salbiy izohlar bilan qarşi olindi. Köpçilik “xalqning noni bölmasa, pirojniy yesin” degan iborani esladi.
Energetika sohasi tanqid ostida bölib turgan kunlarda, energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov asosiy tanqidçilaridan birining ustidan ariza bergani ma’lum böldi. Iqtisodçi Otabek Bakirovning ma’lum qilişiça, Mirzamahmudov “Bakirov meni haqorat qildi va obrösizlantirdi” degan mazmundagi ariza bilan prokuratura va IIVga murojaat qilib, unga çora körişni söragan.
2024 yil oktyabr oyida berilgan arizaga Otabek Bakirov 2023 yil yozida öz Telegram-kanalida yozgan posti sabab bölgan. Postda Toşkentdagi Sağbon podstansiyasi qayta-qayta ta’mirlanişiga qaramay, avariyalar davom etaverişi haqida söz boradi. Matnda vazirga nisbatan haqorat va obrösizlantiriş bor yoki yöqligi yuzasidan ekspertiza ötkazilişi kutilmoqda. Holatga vazir Mirzamahmudovdan izohlar bölmadi, Bakirov esa uning harakatlarini energosenzuraga uriniş deb baholadi.
Energetika sohasida yana 18 ta loyihaga start berildi
Özbekistonda gaz defitsiti saqlanib qolayotganiga qaramay, bu yil elektr energiyasi böyiça taqçillik qolmagani e’lon qilingan. Rasmiylarga köra, hozir mamlakatdagi elektr energiyasi işlab çiqariş körsatkiçlari mavjud ehtiyojni ortiği bilan qoplay oladi. Elektr energiyasidagi uzilişlar uzatiş tarmoqlarining eskirgani bilan boğliqligi, yildan yilga podstansiya va transformator kabilar yangilanib, tarmoqlarning holati yaxşilangaç, elektr uzilişlari barham topişi aytilmoqda.
Şu bilan birga, kelgusi 5 yilda mamlakatda elektr energiyasiga bölgan ehtiyoj hozirgidan 1,5 barobarga oşişi kutilyapti. Şu sabab generatsiyani oşirib boriş davom ettiriladi. 13 dekabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev energetika sohasida 18 ta loyihaga işga start berdi. Davlat rahbari qiymati 3,7 milliard dollarlik 18 ta yangi quvvatlar işga tuşirilgani va navbatdagi 6 ta loyiha qurilişiga start berilganini “energetika sohasidagi tarixiy voqea” deb atadi.
Marosimda Buxoro, Navoiy, Namangan va Toşkent viloyatlarida salkam 2,3 ming megavatt quvvatga ega 5 ta quyoş va şamol elektr stansiyasi hamda 5 ta yuqori kuçlanişli podstansiya işga tuşirildi. Şuningdek, Andijon va Farğonada 300 megavattli yirik saqlaş tizimi, Qaşqadaryoda 400 megavattli elektr stansiyasi, Toşkent şahrida zamonaviy kogeneratsiya qurilmasi, Andijon, Surxondaryo va Toşkent viloyatlarida 4 ta kiçik GES foydalanişga topşirildi.
Bundan taşqari, prezident Farğona, Samarqand, Navoiy, Toşkent viloyatlari va Toşkent şahrida qiymati 3,5 milliard dollar bölgan 2,5 ming megavattli 6 ta elektr quvvatlari qurilişini boşlab berdi. Yiğilişda ma’lum qilinişiça, kelgusi yili jami 84 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqariladi. Şu tariqa, 2016 yilga nisbatan generatsiya hajmi 1,5 barobarga ortişi kutilmoqda.
Timur Işmetov – Markaziy bank raisi
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov lavozimini tark etdi. Senat kengaşi prezident taqdimnomasiga asosan uni lavozimidan ozod etib, örniga Timur Işmetovni Markaziy bank raisi etib tayinladi. Bank-moliya sohasi vakillari va jamoatçilik faollari ijobiy reputatsiyaga ega Nurmurodovning lavozimdan olinişini avvaliga biroz xavotir bilan qabul qildi, keyinroq uning örnini Işmetov egallaşi ma’lum bölgaç, ulardagi bu xavotirlar arigani sezildi.
64 yoşli Mamarizo Nurmurodov – Özbekiston Markaziy bankining ikkinçi raisi edi. Bunga qadar mamlakat pul-kredit siyosati regulyatoriga 1991 yildan to 2017 yilgaça Fayzulla Mullajonov rahbarlik qilgan. Mullajonov 2017 yil may oyida vafot etgaç, Markaziy bankka Mamarizo Nurmurodov rais, Timur Işmetov esa uning birinçi örinbosari etib tayinlangan va şundan keyin köp ötmay valuta konvertatsiyasi oçilgan edi.
Umuman, bu ikki moliyaçi ham prezident jamoasidagi islohotparvar texnokratlar sifatida obro‘ qozongan. Xususan, bevosita Nurmurodov rahbarligida Özbekiston bank-moliya tizimi oçiq konvertatsiya şaroitida ança epaqaga keltirildi, naqd va naqdsiz tölovlar örtasidagi farq minimum darajaga tuşirildi. Çorşanba kuni Markaziy bankda bölib ötgan yiğilişda uni lavozimidan boş vazir örinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov kuzatib qöydi.
Markaziy bankning yangi raisi – 45 yoşli Timur Işmetov 24 yillik mehnat faoliyatining 19 yilini aynan Markaziy bankda ötkazgan. U 2020-2022 yillarda moliya vaziri bölib işlagan, 2023 yildan buyon administratsiyada iqtisodiyot böyiça prezident maslahatçisi Ravşan Ğulomovning birinçi örinbosari bölib işlab kelayotgandi.
Tayinlovning ertasiga Markaziy bank boşqaruvining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi va unda asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida özgarişsiz qoldirişga qaror qilindi. Regulyator bayonotida aytilişiça, ob-havo sovuşi va energetika tariflarining bahorga belgilangan navbatdagi oşirilişi inflyatsion kutilmalarga ta’sir ötkazyapti, şu sabab kelgusida asosiy stavka oşiriş tomonga qayta körib çiqilişi mumkin. Markaziy bank sörovlariga köra, noyabr oyida sezilgan inflatsiya 15 oylik maksimumga kötarilib, 14,1 foizga yetgan. Köpçilik odamlar göşt, sut, yoqilği, elektr va gazning qimmatlaşganini aytmoqda.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
2025 yilda darsliklar ijarasi uçun tölov olinmaydi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi kelgusi yilda maktab darsliklari va maşq daftarlari ijarasi uçun ota-onalardan tölov undiriş rejasidan voz keçdi. Rasmiy bayonotda faqat 2025 yil haqida gap ketgan, şu sababli keyingi yillarda bu masala yana kötarilişini istisno qilib bölmaydi. Eslatib ötamiz, maktablarda darsliklar ijarasi uçun tölov 2022 yilda bekor qilingan, lekin 2025 yilgi Budjetnoma loyihasida tölovni qayta tiklaş taklif etilgan edi.
Harakati çeklangan bolalarning maktabga kelib-ketiş xarajati 75 foizi qoplab beriladi. Bu haqda prezident huzuridagi yiğilişda ma’lum qilindi. 1 fevralgaça har bir tumanda bittadan boğçada inklyuziv ta’lim guruhi oçilişi, 1 sentabrgaça salkam mingta maktabda inklyuziv sinflar taşkil etilişi kutilmoqda. 2025 yil oxirigaça respublikaning barça hududlarida ijtimoiy karta tizimini işga tuşiriş topşiriği berildi. Ijtimoiy karta bilan avtobus va metroda bepul yuriş, elektr, gaz va öqiş xarajatiga kompensatsiya oliş mumkin böladi, nafaqa va yordam pullari ham şu kartaga tuşadi.
Özbekiston aholisi 37,5 milliondan oşdi. Statistika agentligi ma’lumotiga köra, 14 dekabr holatiga, respublikamizning doimiy aholisi soni qariyb 37 mln 550 ming kişini taşkil etmoqda. Aholining 49 foizi hamon qişloqlarda yaşayapti. Ayni paytda, Yevroosiyo taraqqiyot bankining qayd etişiça, 2024 yil dekabriga kelib Markaziy Osiyo aholisi 80 million kişidan oşgan. Asr boşidan beri mintaqamiz aholisi 1,5 barobarga köpaygan.
Özbekiston xalq artisti Tölqin Tojiyev vafot etdi. Teatr va kino aktyori, özbek dublyaj san’atining darğalaridan bölgan Tölqin Tojiyev 88 yoşda edi. U faoliyati davomida milliy teatrda yuzdan ortiq rollarni ijro etgan, 1955 yildan buyon “Özbekfilm” kinostudiyasida özbek tiliga ögirilgan mingdan ortiq xorij filmiga ovoz bergan. Tölqin Tojiyevning “Ivan Vasileviç kasbini özgartiradi”, “Avtomobildan saqlaning” va boşqa köplab kinolarga mahorat bilan ovoz bergani özbek dublyaj san’atining oltin xazinasidan joy egallagan.
Muallif – Komron Çegaboyev
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova







